Mavzu: To’yingan va to’yinmagan yog’ kislatalar sanoatda va xalq xo’jaligidagi ahamiyati
Reja:
1.To`yingan va to`yinmagan yog` kislotalarining
polimorfizmi.
2..Individual yog` kislotalarining tuzilishi.
. 3.Yog` kislotalarining reaktsion qobiliyati.
Tayanch so’z va iboralar::рolimorfizm, enantiotron va monotron polimorfizmlar, rentgenogramma, kimyoviy bog`lanishlar energiyasi, o`rin olish reaktsiyasi, birikish reaktsiyasi, izomerizatsiya, parchalanish reaktsiyalari..
To`yingan va to`yinmagan yog` kislotalarining polimorfizmi
Yog` kislotalarining strukturasi ular molekulasining uzun uglevodorod zanjiri va polyar karboksil guruhidan tashkil topganligi bilan belgilanadi. Yog` kislotalari va ularning aralashmasi qattiq holatda asosan kristallik strukturaga ega. Avvalgi ma`ruzalarda aytganimizdek yog` kislotalari bir necha xil (stabil va nostabil) polimorf kristallik struktura hosil qila oladi. Lekin yog` kislotalarining polimorfizmi yetarlicha o`rganilgani yo`q.
Tog’ va juft uglerod atomli to`yingan yog` kislotalari polimorfizmi bir muncha farq qiladi.
Juft uglerod atomli normal tuzilishdagi to`yingan yog` kislotalari monotrop polimorfizmni namoyon etadi. Ular uch turdagi polimorf modifikatsiyalar hosil qilishi mumkin. Bundan ikkitasi nostabil va bittasi stabil. ( va -nostabil, -stabil) va modifikatsiyalarni sekin qizdirganda ular suyuqlanish haroratidan 10-15 0C past haroratda stabil - modifikatsiyaga aylana boshlaydi. Tez qizdirilganda esa ikki xil suyuqlanish harorati kuzatiladi.
H a r o r a t
12-rasm. Enantiotrop polimorf moddalarning harorat o`zgarishi bilan bog`liq modifikatsion o`zgarishlari. A va B modifikatsiyalarning nostabil holati punktir bilan,stabil holati oddiy chiziq bilan ko`rsatilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |