Aniq va tabiiy fanlar


Download 4.28 Mb.
bet98/156
Sana26.10.2023
Hajmi4.28 Mb.
#1725077
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   156
Bog'liq
Mutahasislik faniga kirish MAJMUA

Nazorat savolllari:


    1. Ijodkorlik nima nima?

    2. Loyihalash nima?



Foydalanilgan adabiyotlar


  1. R.Sh.Berdiqulov, Sh.M.Mirkomilov, A.Yu. Iskandarov. Anorganik Texnologiya . Toshkent. 2018.

  2. Axmerov, A.Jalilov, R.Sayfutdinov. Umumiy va anorganik Texnologiya. Toshkent: Uzbekistan, 2003.

  3. Yu.T.Toshpulatov, Sh.S. Isxokov Anorganik Texnologiya. Toshkent: Ukituvchi, 1992.

  4. O.M. Yoriyev va b. Umumiy va noorganik Texnologiyadan masala va mashklar tuplami. Toshkent. 2008.

  1. amaliy mashg’ulot: FAN MAVZULARIGA OID TOPSHIRIQLAR (TEST TOPSHIRIQ.;LARI VA MASALALAR ULARNI FARQLANISHI)


TURLARI VA ULARNI YECHIMLARI USTIDA ISHLASH. (2 soat)
Kerakli jixozlar va asbob-uskunalar: O’quv qurollari, konspekt daftar va electron gadjetlar (uyali telefon, planshet, nootbook va b.)
Ishning maqsadi: Talabalarda Test tuzish ijodiy masalalar tuzish va test bilan ishlashga doir amaliy ko’nikmalarni rivojlantirish.


Test (ing. test — sinash, tekshirish) (psixologiyada) — shaxsning aqliy taraqqiyoti, qobiliyati, irodaviy sifatlari, shuningdek, uning boshqa ruhiy xususiyatlarini tekshirishda qoʻllaniladigan qisqa standart mashklar. Ijtimoiy amaliyotda T. odamning qanday kasbhunar egallashi mumkinligi, uning kasbga layokati yoki layoqatsizligini, isteʼdodli yoki akdi zaifligini aniqlashda, muayyan hamkorlikdagi faoliyatga shaxslarni saralashda keng qoʻllaniladi. Uning yerdamida tajribaning ilmiylik darajasi, kafolatligi, tekshiriluvlarning mahorati, qiziqishi, toʻplangan amaliy maʼlumotlarning haqqoniyligi, ishonchlilik koʻrsatkichi bir necha mezonlarga asoslanib tax,lil qilinadi. T.ning nazariy asoslarini ingliz psixologi Fransis Galton (1822—1911) ishlab chiqqan (1883). "T." terminini birinchi marta amerika psixologi Jeyms Kettell (1860— 1944) qoʻllangan (1890). U T.lar yerdamida tanaga taʼsir etuvchi qoʻzgʻatuvchilarning idrok qilinishi vaqtini, refleks tezligini, reaksiya muddatlarini, teriga taʼsir oʻtkazishda hosil boʻluvchi ogʻriq sezgilarini, harflar qatorini esda olib qolish darajalarini aniklash mumkin, deb hisobladi. Fransuz psixologi A. Bine va uning shogirdi T. Simon insonning akliy oʻsishi va isteʼdodi darajalarini oʻlchash imkoniyati borligi gʻoyasini olgʻa surganidan keyin akliy T.lar nazariyasi keng yoyidsi. Miqdoriy maʼlumotlarni statistika metodikalari yerdamida hisoblab chiqish yuzaga keldi. Amerikalik Lyuis Permen (1877—1955) insonlarning akliy qobiliyatlarini uzluksiz 50-yil davomida oʻrgangan.
Hozirgi davrda T.lar quyidagi turlarga ajratiladi: maqsadga erishuv T.lari (bilimlarni oʻlchashga qaratilgan); akliy T.lar (zehn, aklidroq, aklzakovat, isteʼdodni aniklashga yoʻnaltirilgan); ijodiyot T.lari (ijodkorlik, bunyod etishlik darajalarini tekshiruvchi); mezoniy moʻljal T.lari (oʻquv yoki kasbiy bilimlar va topshiriklarni qaysi koʻnikma, malaka, xattiharakat tizimi orqali oʻlchash mumkinligi); shaxsga oid T.lar (xususiyat, bezovtalanish, sifat, fazilat, xislatlarni oʻlchashga aloqador); proyeksiyaviy T.lar (tashqi taʼsirsiz shaxs oʻzini oʻzi oshkor qilishiga moʻljallangan) va boshqalar.
Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari ichida yetakchi metod so`rovnoma va test savollardan foydalanishdir. So`rovnoma-anketa (fransuzcha “tekshirish” ma`nosini bildiradi) metodi qo`llanilganda yaratilgan ilmiy farazning yangiligini bilish, aniqlash, o`quvchilarning yakka yoki guruhli fikrlarini, qarashlarini, qanday kasblarga qiziqishlarini, kelajak orzu-istaklarini bilish va tegishli xulosalar chiqarish, tavsiyalar berish maqsadida o`tkaziladi.
O`zbekiston, ta`bir joiz bo`lsa Markaziy Osiyoda birinchi bo`lib test metodini maktab, oliy va o`rta maxsus ta`lim tizimiga tadbiq etdi. Test sinovlaridan ko`zlangan maqsad oz vaqt ichida o`quvchilarning bilimlarini yoppasiga aniqlash, baholashdir.

  • O`zbekiston, ta`bir joiz bo`lsa Markaziy Osiyoda birinchi bo`lib test metodini maktab, oliy va o`rta maxsus ta`lim tizimiga tadbiq etdi. Test sinovlaridan ko`zlangan maqsad oz vaqt ichida o`quvchilarning bilimlarini yoppasiga aniqlash, baholashdir.

Bunda test savollarini qanchalik aniqlik va aql bilan, fikrlash jarayoniga zarar tegmaydigan qilib tuzish ahamiyatli ekanligini nazarda tutish lozim. Test savollarining o`rni va ularni mazmunan rang-barang qilib tuzilishi, o`quvchilarning mustaqil fikrlarini o`stiradi, kelajakni real baholash imkonini beradi

Download 4.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling