Aniq va tabiiy fanlar


Amaliy mashg’ulotlar 104 Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari 190


Download 4.28 Mb.
bet2/156
Sana26.10.2023
Hajmi4.28 Mb.
#1725077
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156
Bog'liq
Mutahasislik faniga kirish MAJMUA

Amaliy mashg’ulotlar 104

  • Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari 190

    1. Glossariy 193


    2. Ilovalar
      1. Fan dasturi


      2. Ishchi fan dasturi

    MA’RUZA MASHG’ULOTLARI

    1-Mavzu. KREDIT MODUL TIZIMIGA KIRISH. (2 soat)


    Reja:
        1. Kredit modul tizimining jpriy etilishi


        2. Kredit modul tizimi asosiy tushunchalari



    Tayanch so’zlar: kredit, modul, GPA, Boloniya, ECTS, Akademik erkinlik, credit system, Academic Calendar, Assistant Professor, Associate Professor, Professor.
    Ta’lim masalasi jahonning ko’plab mamlakatlarida muhim vazifalar qatoridan o’rin olgan. Ko’pchilik davlatlarda global raqobat sharoitidagi yangi talablariga javob beruvchi, moslashuvchan ta’lim tizimini yaratishga qaratilgan tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Bunda asosiy maqsad oliy o’quv yurtlarining va o’quv dasturlarining moslashish imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan bo’lib, uni amalga oshirish akademik va tashkiliy tuzilmani isloh qilish, infrastrukturani, ta’lim metodlari va texnologiyalarini yangilash, pedagogik jarayonni takomillashtirish, o’qituvchilar tarkibi sifatini yaxshilash orqali rejalashtirilmoqda.
    Hammamizga ma’lumki, iqtisodiyot rivojida ortda qolish xavfi asosan samarali ta’lim modelini yaratmagan davlatlarga xosdir. Bundan ko’rinadiki, bilimlarga asoslangan ochiq fuqarolik jamiyatini, xizmat ko’rsatish va ishlab chiqarishga yo’naltirilgan iqtisodiyotni qurishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yar ekanmiz, eng avvalo mamlakatimizda ta’lim tizimini faol tarzda takomillashtirib borishimiz zarur.
    Bu borada YUNESKO tomonidan muntazam oliy ta’limni rivojlantirish bo’yicha tavsiyanomalarni ishlab chiqish, xalqaro hamkorlikning me’yoriy asoslarini yaratish bo’yicha yangi g’oyalarni ilgari surib kelinmoqda. Akademik erkinlik va demokratiyaning universal me’yorlarining mavjudligi, YuNESKO va Evropa Ittifoqi tomonidan qabul qilingan, milliy ta’lim tizimlari uchun tobora me’yoriy ahamiyat kasb etayotgan halqaro konventsiyalar hamda butun jahon deklaratsiyalari bu jarayonlar uchun asos bo’lmoqda. “2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar Strategiyasi”da Bolonya deklaratsiyasiga qo’shilish masalasining belgilab qo’yilganligi bu masalaning oliy ta’lim uchun qanchalik muhim ekanligini ko’rsatmoqda.
    Bolonya deklaratsiyasini imzolagan barcha davlatlar oliy ta’limning ikki darajali tizimiga o’tishlari shart. Birinchi daraja 3-4 yil davom etadi. Uni tugatgandan so’ng bitiruvchiga muayyan sohada ishlash imkonini beruvchi bakalavr darajasi taqdim qilinadi. Ikkinchi darajadagi dasturlarni o’tash magistr (1-2 yil) vaG’yoki doktor (3-4 yil) darajasini olishga imkon beradi.
    Ko’pchilik xorijiy davlatlarning oliy ta’lim tizimida sinov birliklarini qayd qilish va to’plash funktsiyalariga ega bo’lgan va xorijda o’qishning akademik tan olinishini kafolatlovchi European Credit Transfer System (ECTS) sinov birliklari tizimi yoki unga mos boshqa tizim qabul qilinishi va kiritilishi muhim ahamiyat kasb etadi (1999 y. ECTS tizimi 1062 ta Evropa oliy o’quv yurtlarida qabul qilingan).
    Bu tadbirlar quyidagi jarayonlar uchun imkoniyatlar yaratadi:

    • ta’lim sifatini ta’minlashda Evropa Hamkorligiga ko’maklashish, taqqoslanadigan mezonlar va baholash metodlarini ishlab chiqish;

    • talabalar, o’qituvchilar, tadqiqotchilar va boshqaruv apparati xodimlarining mobilligini oshirish;

    • hamkorlikdagi o’quv va ilmiy tadqiqotlar dasturlarini yo’lga qo’yish, integrallashgan o’quv kurslarini yaratish va o’quv rejalarini takomillashtirish;

    • evropa oliy ta’limi va ilmiy tadqiqotlariga e’tibor qaratilishini va raqobatbardoshligini ta’minlash.

    Evropa davlatlari o’z oldilariga oliy o’quv yurtlarining barcha dasturlari va fanlarining mosligini tan oladigan bilimlarni baholashning yagona tizimini (credit system) yaratishni maqsad qilib qo’yishgan.
    Bolonya Deklaratsiyasi asosida “ta’lim sifatini baholash kriteriylarini va baholash metodlarini ishlab chiqish”, milliy hukumatlar va xalqaro tashkilotlarga bog’liq bo’lmagan akkreditatsiya agentliklarini tuzish kutilmoqda. Baholash ta’limning davomiyligi yoki mazmuniga emas, balki bitiruvchilarning olgan bilimlari, uquv va ko’nikmalari, kompetentsiyalariga asoslanadi.
    Kreditlar umumevropa ta’lim tizimining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Har bir o’quv faniga yuklama hajmidan, kelgusidagi kasbiy faoliyati uchun muhimligidan kelib chiqib kredit bali belgilanadi. Talaba har bir fanni muvaffaqiyatli o’zlashtirgan taqdirda belgilangan kreditlarni oladi va bu kreditlar yig’indisi unga mos bo’lgan bakalavr yoki magistrlik darajasini olishga imkon beradi.
    Ta’lim dasturlarini o’lchash va taqqoslashning sinov birliklari tizimi (yoki kredit tizimi) G’arbiy Evropa va Amerika universitetlarida ko’plab o’n yilliklar mobaynida qo’llanilmoqda. Kredit tizimi o’quv dasturlarini shaffof va eng asosiysi, taqqoslanuvchan qiladi, bu esa talabalarning akademik mobilligini oshirishga imkoniyat yaratadi.
    Mamlakat ta’lim tizimining reproduktiv holatdan uzluksiz rivojlanuvchi, ochiq holatga o’tishi hamda ta’lim oluvchilarni o’z ta’limiy va ijtimoiy-madaniy manfaatlarini yuzaga chiqarishga yo’naltirish jarayonlari ta’lim tizimi bosh sub’ektlari – ta’lim oluvchilar va o’qituvchilarning o’z faoliyatiga munosabatini o’zgartirish zarurligini taqozo etadi. Bu holat kredit ta’lim tizimi bo’yicha ta’lim jarayonini tashkil qilishga to’la mos keladi.
    Kredit ta’lim tizimiga o’tish O’zbekiston Respublikasining ta’lim sohasining darajalari, bosqichlari, akademik darajalarini aniq baholashga imkon beradi va ularni shaffof, tashhislanadigan va tan olinadigan holatga keltiradi. Bu esa jahon ta’lim muhitiga qo’shilishning bosh shartlaridan biri hisoblanadi.
    Akademik kreditning joriy qilinishi o’quv rejalarini takomillashtirish, integrallashgan o’quv kurslari, qo’shma ta’lim dasturlarini yaratish orqali oliy ta’lim tizimini yangicha tashkil qilish uchun asos bo’ladi va jahon bozorida bizning ta’limimiz va mutaxassislarimizning raqobatbardoshligini ta’minlaydi.
    Kredit ta’lim tizimini joriy etish yangi asosiy tushunchalarni o’zlashtirishni talab qiladi. Bunga so’nggi yillarda ta’lim tizimida yangi inglizcha atamalar qo’llanilayotganligi, an’anaviy atamalarni qo’llashdagi qarama-qarshiliklar, takrorlanishlar va alogizmlar asos bo’ladi.
    O’zbekiston oliy ta’lim muassasalarining xalqaro aloqalarni maqsadli kengaytirishi, mamlakat ta’lim tizimining jahon tizimiga jadal integratsiyalashuvi ommaviy ravishda o’quv, uslubiy, ilmiy va tashkiliy materiallarni inglizchadan tarjima qilishni taqozo etmoqda. Bu erda asosiy urg’u O’zbekistonda kredit ta’lim tizimini joriy etishga yordam beradigan, xalqaro miqyosda qo’llanilayotgan qator muhim tushuncha va atamalarga qaratiladi.
    “Educational Program” (ta’lim dasturi) muayyan ta’lim bosqichi (bakalavriat, magistratura, doktorantura) bo’yicha mutaxassislikni anglatsa, “Academic Program” (o’quv dasturi) o’quv fani nuqtai-nazaridan qo’llaniladi va “Syllabus” (sillabus) atamasi bilan bir xil ma’noni anglatadi. “Course” atamasi o’quv yilini emas, balki o’quv kursini, fanini, modulini anglatadi. "Faculty" atamasi fakultetni emas, balki professor- o’qituvchilar tarkibini anglatadi. O’qituvchining lavozimini ko’rsatishda “Lecturer” (lektor, ma’ruzachi) va “Tutor” (tyutor) atamalari keng qo’llaniladi. Klassifikatorda qo’llaniladigan “mutaxassislik” tushunchasini ifodalash uchun ingliz tilida "Speciality" emas, balki "Major" atamasi qo’llaniladi. Va nihoyat, o’quv rejasi “Academic Plan” emas, balki “Curriculum” ko’rinishida qo’llaniladi.
    Shu kabi holatlarga aniqlik kiritish uchun quyida kredit ta’lim tizimida muhim ahamiyat kasb etuvchi asosiy tushunchalarga to’xtalib o’tamiz:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling