Aniq va tabiiy fanlar


Yog‘ochga ishlov berishda xavfsizlik texnikasi qoidalari


Download 4.28 Mb.
bet107/156
Sana26.10.2023
Hajmi4.28 Mb.
#1725077
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   156
Bog'liq
Mutahasislik faniga kirish MAJMUA

Yog‘ochga ishlov berishda xavfsizlik texnikasi qoidalari


Maktab ustaxonalarida belgilangan ichki tartib qoidalariga rioya qilish zarur.
Mashg‘ulot boshlanishidan oldin ish kiyimini kiyish kerak. Ustaxonaga qo‘ng‘iroq chalinmasdan oldin kelish, har bir o‘quvchining qo‘lida kundalik, daftar, darslik, qalam, chizg‘ich, o‘chirg‘ich bo‘lishi shart.

Duradgorlik o‘quv ustaxonalarida ish o‘rinlarmmg taxminiy joylanish rejasi: 1- o‘qituvchining ish o‘rni; 2- qo‘l yuvgich; 3-aptechka, 4-asbob-uskuna va materiallar jovoni; 5-kunda, 6-dastgohlar; 7-devor soati; 8-o‘quv-ko‘rgazma qurollari jovoni; 9- bo‘yoqchilik stoli; 10, 11, 12, 13, 14- frezerlash, parmalash, yog‘och ishlash tokarlik stanoklari, randalash, arralash stanoklari; 15-charx; 16-materiallar tokchasi



  1. Ish kiyimi to‘g‘ri kiyilganini tekshirish (xalatlarning qo‘l va old tugmalari qadalgan, galstuklar echib qo‘yilgan bo‘lishi kerak), sochni tartibga keltirib, ixcham qilib olish, ro‘mol va bo‘yinbog‘ uchlarini qistirish.

  2. Ish o‘rnining ahvolini tekshirish, asboblarning borligi va ishlatishga tayyorligini aniqlash.

  3. O‘qituvchining ruxsatisiz ish o‘rnidan uzoqlashmaslik.

  4. Asboblar va ashyolarni ehtiyotkorlik bilan ishlatish.

  5. O‘qituvchining ruxsatisiz dastgohlarda ishlamaslik. Tuzilishi o‘rganilgan uskunalardangina foydalanish.

  6. Faqat ishga yaroqli asboblardan foydalanish, ularni o‘z o‘rnida ishlatish. Asboblarni ish o‘rniga ulardan foydalanish uchun qulay holatda joylashtirish.

  7. Ishni yakunlangandan keyin ish qurollarini ko‘zdan kechirish kerak. Nosoz asboblar to‘g‘risida o‘qituvchi ogohlantirilishi kerak.

8 . Ish o‘rnini payraxa va qipiqlardan maxsus cho‘tka bilan tozalash.
9. Mehnat xavfsizligi qoidalari buzilgan yoki jaroxatlanish yuz bergan hollarda darrov o‘qituvchiga xabar qilish.

Metallga ishlov berish iistaxonasiniiig tuzilishi


Mehnat ta’limi mashg‘ulotlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quv ustaxonalarida tashkil etiladi. Bu yerda har bir o‘quvchi uchun alohida jihozlangan ish o‘rinlari ajratilgan.
1-rasm. Metallga ishlov berish ustaxo- nasining tuzilishi: 1. Kitob va qo‘llan- malar uchun shkaf. 2. Mufel pechi. 3. Sinf doskasi. 4. O‘qituvchi ish o‘rni. 5. Kursi.
6. Chilanganrlik dastgohlari. 7. Charhlash dastgohi. 8.
Sandon. 9. Chilangarlik
stanogi. 10. Parmalash stanogi. 11. Maxsus kiyimlar uchun shkaf. 12. Asbob va materiallar uchun shkaf. 13. Chqindilar tashlash uchun
idish. 14. Rakovina.



Download 4.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling