Aniq va tabiiy fanlar


Download 4.28 Mb.
bet132/156
Sana26.10.2023
Hajmi4.28 Mb.
#1725077
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   156
Bog'liq
Mutahasislik faniga kirish MAJMUA

Nazorat savollari:


    1. O’simliklar uchun oziq moddalarning qanday ahamiyati bor?

    2. O’simliklar qanday oziqlanadi?

    3. O’simliklar osti nima uchun chopiq qilinadi?



Foydalanilgan adabiyotlar


      1. R.Sh.Berdiqulov, Sh.M.Mirkomilov, A.Yu. Iskandarov. Anorganik Texnologiya . Toshkent. 2018.

      2. Axmerov, A.Jalilov, R.Sayfutdinov. Umumiy va anorganik Texnologiya. Toshkent: Uzbekistan, 2003.

      3. Yu.T.Toshpulatov, Sh.S. Isxokov Anorganik Texnologiya. Toshkent: Ukituvchi, 1992.

      4. O.M. Yoriyev va b. Umumiy va noorganik Texnologiyadan masala va mashklar tuplami. Toshkent. 2008.

  1. Amaliy mashg’ulot: CHORVACHILIK ASOSLARI HAQIDA MA’LUMOT. (2 soat)



Kerakli jixozlar va asbob-uskunalar: O’quv qurollari, konspekt daftar va electron gadjetlar (uyali telefon, planshet, nootbook va b.)
Ishning masadi: Talabalarda chorvachilik asoslari, chorvachilik turlari haqida bilim, konikma hosil qilish.

Qishloq xo`jalik hayvonlariga qoramol qo`y, echki, ot, quyon, cho`chqa va parrandalar kirib, ular inson hayotida muhim ahamiyatga ega. Masalan qoramol inson uchun go`sht va sut beradi, terisi sanoat uchun ham ashyo hisoblanadi. Oshlangan teri kiyim bosh tayyorlashda keng miqyosda foydalaniladi. Shuningdek qoramol go`ngi tuproq unumdorligini oshirishda asosiy mahalliy o`g`it hisoblanadi. Sigir suti qimmatli ozuqadir, chunki uning tarkibida moy, oqsil, qand, mineral tuzlar ko`p bo`ladi.


Qo`ychilik ham xalq xo`jaligida muhim ahamiyatga ega. U insonni go`sht, sut, yog` va jun, qorako`l teri va charm mahsulotlari etkazib beradi. Qo`y junidan qimmatli kiyim-kechaklar tikiladi va gazmollar to`qilib hayotimizning turli sohalarida ishlatiladi. Qo`ylarning terisidan asosan issiq-issiq po`stinlar tikiladi.
Qo`ylar junining ingichkaligiga qarab 3 turga bo`linadi: 1. Mayin jun. 2.
O`rtacha mayin jun. 3. Dag`al jun
Qishloq xo`jalik hayvonlarini boqish va ularni parvarish qilish uchun xo`jaliklarida chorvachilik fermalari tashkil topgan. Ayniqsa chorvachilik fermalari hozirgi davrda tashkil etilishi alohida o`rin egallaydi. Chunki ferma xususiy mulkchilikka asoslandi. Ferma chorva mollaridan qanchalik daromad qolsa, o`z daromadini oshirib boradi. Shunday ekan chorvachilik fermalar oilaviy tashkil etiladi. Boshqacha qilib aytganda ferma boshlig`i hammani ham ferma a`zoligiga qabul qilmaydi. U shunday odamni qabul qilishi mumkinki, fermadagi mollarni parvarish qila oladigan, ulardan olinadigan mahsulotlarni qayta ishlab chiqaradigan, chorva mollari kasal bo`lganda ularni davolaydigan, chorvachilikda ishlatiladigan mexanizatsiyalarni bilishi va ta`mirlay oladigan hamda undan unumli foydalana oladigan kishilar bo`lishi mumkin. Chorvachilik fermalari quyidagi turlarda bo`lishi mumkin:

  1. Qoramolchilik.

  2. Qo`ychilik.

  3. Quyonchilik.

  4. Parrandachilik.

  5. Yilqichilik

  6. Tuyachilik.

  7. Baliqchilik va shularga o`xshashlar.

Yuqorida nomlari qayd etilgan qishloq xo`jalik hayvonlarni boqish va parvarish qilish ulardan jamiyat kishilari uchun go`sht, sut, jun, yog` mahsulotlarini tayyorlash masalasi turibdi. Bu masalani hal qilish uchun ferma a`zolaridan katta bilim, har bir o`g`il-qiz maktab partasidan boshlab chorvachilik fermalarida bajariladigan ishlarni ham nazariy va amaliy bilim, uni amaliyotda qo`llash talab etiladi.
Qishloq xo`jalik hayvonlaridan qoramol, qo`y, echki, cho`chqa, ot, quyon va parrandalar kirib, ularni parvarishlash texnologiyasi muhim ahamiyatga ega.
Chorva mollarining yaxshi yashashi va mahsulotlarini oshirishda tashqi muhit va parvarish qilinishiga bog`liq.
Chorvachilikni rivojlantirishda iqlim shu joyning o`ziga xos sharoitlar hal qiluvchi ahamiyatga ega. Iqlimning konbonlariga ham em xashak bazasiga ham ta`siri bo`ladi. Hayvonlar molxonalarga bo`lib normal havo harorati talab etiladi. Uning organizmida normal holatni saqlash uchun hayvonlar ko`proq em xashak va boshqalarni iste`mol qilishi shart.
Shuningdek hayvonlar ko`proq sovuq havoda qolib ketsa u kasallanishi mumkin.
- hayvonlar yuqori haroratda qolib ketsalar ular terlaydilar, organizmlaridan turli vitaminlar chiqib ketadi yoki quyosh urishi mumkin.
Hayvonlarni parvarishlash texnologiyasidan yana biri molxonalarda qo`yiladigan talablar hisoblanadi. Bu talablar quyidagilardan iborat

  1. Chorva mollari uchun mo`ljallangan fermalar shamol tomonidan himoyalangan bo`lishi;

  2. Yer osti suvlar chuqurligi 3-4 metrdan kam bo`lmagan balandroq joyga qurilishi;

  3. Molxonalar aholi yashaydigan joydan 500-1000 m narida shamolga teskari qurilishi;

  4. Temir yo`l va avtomobillar yuradigan yo`llardan 300-400 m uzunroq joyda

bo`lishi; shartligi;



  1. Molxonalarni qurilishida issiqlikni kam o`tkazadigan materiallardan bo`lishi




  1. Molxonalar iloji boricha yog`och materiallaridan qurilishi;

  2. Molxonalarning poli teshik, sovuq o`tkazmaydigan tekis, hayvonlar

toyg`anib ketmasligi uchun biror g`adir-budur bo`lishligi;

  1. Molxonalarni shamollatib turish uchun havo tarqatadigan trubalar bo`lishi

lozim.



Download 4.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling