muammolarini hisobga olishi;
v) alohida о‘qituvchilar va kafedra jamoasi tomonidan tekshiri-layotgan muammolarga
talabalarni jalb qilishi;
g) hisoblash usullari fanining nazariya va amaliyot sohasiga nisbatan talabalarning xilma-xil qiziqishlarini hisobga olishi;
d) umumiy о‘rta maktab, akademik liseylar va о‘rta mahsus kasb-xunar ta’limi muassasalari о‘quvchilariga ta’lim va tarbiya berishning dolzarb muammolarini ishlab chiqishi zarur.
Kurs ishi mavzulari turli usullar yordamida belgilanishi mumkin.
О‘qituvchi talabaning kurs ishi mavzusini belgilaydi. Agar о‘qituvchi muayyan bir muammo bо‘yicha tadqiqot ishni olib borayotgan bо‘lsa, u shu mavzu yuzasidan talabaga kurs ishi mavzusini berishi mumkin.
Talaba о‘z amaliy faoliyatida duch kelayotgan qiyinchiliklarni bartaraf qilish uchun yordam beruvchi mavzu bо‘yicha ishlashi xam mumkin. Bu yо‘nalishdagi mavzularni, odatda, OTMga kirguniga qadar pedagogik faoliyat olib borgan yoki ish bilan о‘qishni birgalikda olib borayotgan talabalar tanlab oladilar.
Talaba о‘z qiziqishlariga mos keluvchi mavzular bо‘yicha ish olib boradi.
Talabaga mustaqil ravishda tadqiqot mavzusini tanlashida qо‘yidagi usullar yordam beradi:
yetakchi mutaxassislar tomonidan amalga oshirilgan ilm-fan yutuqlarining qisqa tahliliy tavsilotlarini о‘rganish (chunki ushbu tavsilotlarning oxirida hal qilinishi lozim bо‘lgan muammolar albatta kо‘rsatiladi);
oldin bajarilgan tadkikotlarda urganilgan muammolarga yakin mavzularni tanlash, bunda yangi, yana xam mukammalrok metodlardan foydalanish;
v) oldin tadqiqotchilar
tomonidan ilgari surilgan, ammo о‘rganilmagan gipotezalarni tekshirish;
g) maxsus adabiyotlar va davriy hisoblash usullari faniga doir nashrlar bilan muntazam tanishib borish:
dolzarb ahamiyatga ega, kam о‘rganilgan muammo va masalalarni aniqlash maqsadida yetakchi olimlar bilan maslahatlashish.
Kurs ishi mavzusi aniqlanib, ilmiy rahbar bilan kelishilganidan so‘ng kurs ishini bajarish bosqichlari aniqlashtirilgan kalendar reja ishlab chiqiladi. Mazkur reja tadqiqot ishining borishini nazorat qilishga imkoniyat yaratadi va talabaga kurs ishini mustaqil hamda ongli ravishda bajarishiga yordam beraldi.