Aniq va tabiiy fanlar


Download 4.28 Mb.
bet26/156
Sana26.10.2023
Hajmi4.28 Mb.
#1725077
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   156
Bog'liq
Mutahasislik faniga kirish MAJMUA

Uchinchi materiallarda birinchi va ikkinchi materiallar umumlashtiriladi. Uning mazmuni qisqa tavsilot kо‘rinishida bо‘lib, unda mavzuga doir oldindan ma’lum bо‘lgan ilmiy dalillar, qonuniyatlar, nazariyalar, tushunchalar umumlashtiriladi.
Tavsilotni tuzishdan avval mavzuga doyr arosiy tushunchalarni aniqlashtirish lozim. Chunki hisoblash usullari turli mualliflar tomonidan turlicha talqin qilinayotgan atama va tushunchalar kurs ishiniing boshidan oxirigacha bir ma’noda tushunilishi zarur. Tushuncha va atamalar belgilanganidan sо‘ng ularning izohi quyidagi
manbalardan aniqlashtiriladi:

  1. ensiklopediyalar (masalan, hisoblash usullarining turli sohasiga doir);

  2. izohli lug‘atlar: umumiy (matematik terminlar )

v) tadqiqot mavzusiga doir asosiy darsliklar va monografiyalarning mundarijasi hamda fani.
Tushunchalarning izoxi topilganidan sо‘ng alohida varaqalarda qayd qilinadi va tahlil, qiyoslash, tasniflash, umumlashtirish usullari yordamida mazmunan qayta ishlanadi.
Tadqiqot mavzu bо‘yicha tavsilot yozishda kamida 20 ta manbadan foydalanish .zarurdir.
Keyingi bosqichda kompyuterda hisoblashi.
Kompyuterda hisoblash ishining natijalari jadval, grafik, diagramma kurinishlarida taqdim qilinadi. Jadval, rasmlar ostiga qisqa tarzda izohlar keltirilishi lozim. Barcha kо‘rgazmalar tartib bilan beriladi. Shu joyda, shuningdek, og‘zaki xisobotlardan xam namunalar berish mumkin.
Ishdagi eng muhim nuqtalardan yana biri xulosalarni muhokama qilish jarayoni xisoblanadi. Bunda quyidagi savollarga javob topish zarur: Nima uchun shunday bо‘ldi? Buning sabablari nimada? U yoki bu dalilni nima bilan izohlash mumkin? Ishning bu bosqichida boshqa mualliflar tomonidan olingan nazariy va amaliy xulosalarni jalb qilish, ya’ni ular bilan о‘z shahsiy xulosalarini qiyoslab, taqqoslab kо‘rish, olingan ma’lu- motlarni tushuntirish, izoxlash zarur bо‘ladi. Natijalar asosiy matnda qanday tartibda berilgan bо‘lsa, ularni shu tartibda xulosalab kо‘rsatish lozim.
Kurs ishinig xajmi A4 formatdagi, 15-20 varog‘dan iborat bо‘ladi. Har bir sahifada 30 ta satr, xar bir satrda 60 ta belgi (sо‘zlar orasidagi о‘tishlar va tinish belgilarini hisoblagan holda) bо‘lishi kerak.
О‘ngdan - 3 sm, chapdan - 1 sm, yuqoridan - 2,5 sm, pastdan - 2,5 sm joy qoldiriladi. Sarlavha va sarlavhachalar asosiy materialdan 3 interval hajmda ajratiladi va bosma harflar bilan yoziladi.
Ish mantikiy izchillikda, adabiy til normalarida yoziladi. Unda murakkab qо‘shma gaplardan, shuningdek, о‘ta jо‘n tuzilgan sodda gaplarni ishlatish maqsadga muvofiq emas.
Mening kuzatishimcha, men hisoblaymanki, mening fikrimcha tarzida

  1. shaxs birlik nomidan gapirish о‘rniga Bizning kuzatishimizcha, biz hisoblaymizki, bizning fikrimizcha kabi iboralardan foydalanish ilmiy etiketga tug‘ri keladi.

Kurs ishini yozishda yagona uslub saqlanishi, hozirgi о‘zbek (rus) adabiy tilining orfografik, sintaktik va stilistik meyorlariga amal qilinishi lozim.

  1. Xulosa. Bu qismida ishning muallif tomonidan ishlab chiqilgan asosiy natija va xulosalari keltiriladi: ularning amaliy ahamiyati, ish natijalarining joriy qilinish imkoniyatlari va mavzuni kelgusida tadqiq qilish istiqbollari kо‘rsatiladi.

Xulosaga qо‘yiladigan asosiy talab uning qisqa va mulohazaliligidir: unda ishning mazmunini butunligicha qaytarish shart emas. Xulosa quyidagi savollarga javob bera olishi kerak:

  1. talaba nima uchun aynan ushbu tadqiqotni amalga oshirdi?

  2. qanday ishlar amalga oshirildi?

v) muallif qanday xulosalarga keldi?


  1. Download 4.28 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling