Academic Calendar (akademik kalendar, o’quv jadvali) – o’quv yili davomidagi o’quv, attestatsiya va dam olish (ta’til va bayram kunlari) kunlari ko’rsatilgan o’quv jarayoni jadvali;
Advisor (edvayzer) – talabaga mutaxassislik bo’yicha o’quv traektoriyasini tanlash va o’quv davridagi fanlarni o’zlashtirish bo’yicha yordam beruvchi kafedra o’qituvchisi.
Assistant Professor, Associate Professor, Professor (assistent, dotsent, professor) – oliy o’quv yurtlaridagi professor-o’qituvchilar tarkibining lavozimlari bo’lib, tyutorlar va lektorlarga beriladi.
Bachelor, Master, Doctor (bakalavr, magistr, doktor) – oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’limning ta’lim dasturlarini o’zlashtirgan shaxslarga beriladigan akademik darajalar.
Contact hour (kontakt soat) – 1 akademik soat hajmidagi mashg’ulot davomiyligi bo’lib, u mashg’ulot turlari bo’yicha turlicha belgilanishi mumkin.
Core Subjects (majburiy fanlar) – ta’lim dasturi bo’yicha majburiy o’rganilishi lozim bo’lgan fanlar.
Course Description – fan mazmuni haqida ma’lumot beruvchi uning qisqa
bayoni.
Credit, Credit-hour (kredit, kredit-soat) – o’quv ishlari hajmini o’lchashning
yagonalashtirilgan birligi. Bir kredit semestr davomida har haftada o’tiladigan bir akademik soatni va uni o’zlashtirish uchun belgilangan mustaqil ta’lim soatlarini o’z ichiga oladi.
Curriculum (talabaning shaxsiy o’quv rejasi) – talabaning ta’lim dasturi bo’yicha fanlar ro’yxati va hajmini, ularni o’qish tartibini belgilovchi asosiy hujjat.
Degree (akademik daraja) – oliy o’quv yurti tomonidan ta’lim dasturini to’liq tugatganlik haqida bitiruvchilarga beriladigan daraja;
Do'stlaringiz bilan baham: |