Distance Education (masofaviy ta’lim) – masofadan bilim olish shakli bo’lib, ta’lim muassasasidan uzoqda joylashgan shaxslarni elektron va telekommunikatsiya vositalari yordamida uslubiy ta’minlash, o’qitish va rivojlantirish uchun mo’ljallangan o’quv muhiti.
Elective Courses (tanlov fanlari) – talabalar tomonidan ixtiyoriy tanlanadigan
fanlar.
Enrollment (o’quv kursiga yozilish) – talabalarning o’quv kurslariga
belgilangan tartibda qayd qilinishi.
Final Examination (yakuniy nazorat) – o’quv kursi yakunida talabalarning o’zlashtirishini tekshirish uchun o’tkaziladigan nazorat turi.
Full Time Education (kunduzgi ta’lim shakli) – talaba o’quv rejada ko’zda tutilgan barcha o’quv mashg’ulotlariga qatnashishi shart bo’lgan o’qish shakli.
General Education Requirement (GER) – umumta’lim fanlari, ijtimoiy- gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar.
Grade Point Average (GPA) (o’rtacha ball) – talabaning fanlarni o’zlashtirishining o’rtacha bahosi (fanlar bo’yicha kreditlarning raqamli ekvivalentlarga ko’paytmalari yig’indilarining o’quv davridagi umumiy kreditlar soniga nisbati); talabalarni keyingi bosqichga o’tkazish uchun qo’llaniladi.
Hand-outs (tarqatma materiallar) – talabalarga mavzu bo’yicha o’quv jarayonida tarqatiladigan ko’rgazmali materiallar (tezislar, ma’ruzalar, havolalar, misollar, glossariy, mustaqil ta’lim uchun topshiriqlar).
Midterm Examination (oraliq nazorat) – tasdiqlangan akademik kalendar bo’yicha fanni o’zlashtirishning fan o’qituvchisi tomonidan amalga oshiriladigan davriy nazorat.
Office Hours – talabaning dars jadvalida ko’rsatiladigan, talaba o’qituvchi rahbarligida auditoriyadan tashqarida bajaradigan mustaqil ishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |