Aniq va tabiiy fanlar


Bezashda dekorativ o‘simliklardan foydalanish


Download 4.28 Mb.
bet54/156
Sana26.10.2023
Hajmi4.28 Mb.
#1725077
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   156
Bog'liq
Mutahasislik faniga kirish MAJMUA

Bezashda dekorativ o‘simliklardan foydalanish. Gullar va boshqa dekorativ o‘simliklar interyerning istalgan joyida: vestibyul, rekreasiya, oshxona, sinf xonalari va hokazolarda bo‘lishi mumkin. Ularni joylashtirish masalasi qavatlarning umumiy kompozisiyasida ham, interyerning ayrim joylarida xam funksional, biologik va estetik talablardan kelib chiqib hal qilinadi.
O‘quv yurtlari sharoitida funksional talablarni hisobga olish to‘g‘ri bo‘ladi. Gullarni qayerga o‘rnatish ma’qul, ularga qanday taglik kerak bo‘ladi? Misol uchun bargi katta va qo‘pchigan gullarni xonalar derazasi tagligiga o‘rnatish yaramaydi. Birinchi qavat koridorlari va rekreasiyalarida ko‘pincha quyi sinf o‘kuvchilari doimo xarakatda bo‘ladilar (tanaffus paytlari nazarda tutilmokda). Shuning uchun bunday joylarda ularni og‘ir taglik bilan devorga o‘rtacha balandlikda o‘rnatgan ma’qul.
Biologik talablarni maxsus sharoitlar doirasidan kelib chiqib amalga oshirishni biologiya to‘garagi qatnashchilari zimmasiga yuklanadi. Bu shartlar o‘simliklarning yoruglik va issiqlik sezuvchanligidan iboratdir. Ularni isitish manbalaridan turli uzok- likda saqlash, sug‘orish rejimini, zarur bo‘lgan havo namligini saqlab turish ham o‘ziga xos bo‘ladi.
Xonalar uchun mo‘ljallangan o‘simliklar turli-tuman bo‘lib, biz quyidagilarni tavsiya etamiz.
Asparagus - nozik, ko‘ksimon yashil tusga ega bo‘lib, biroz qorong‘ilashgan joyda o‘sishga moyildir.
Aspidistra - yirik to‘q yashil bargli, oddiy o‘simlik. Begoniya - yorqin rangli, yirik yaproqli o‘simlik bo‘lib, ko‘proq yorug‘likni talab etadi.
Gloksiniya - baxmalsimon yirik yaprokli, katta qo‘ng‘iroksimon, chiroyli gullaydigan o‘simlik. Uning yaxshi o‘sishi va gullashi uchun yetarli darajada yorug‘lik tushib turishi kerak.
Xitoy atirguli - to‘q yashil, tikanak bargli butasimon o‘simlik, yirik pushti va qizil rangda gullaydi.
Paporotnik - to‘g‘ri tushadigan qo‘yosh nuriga chidamsiz o‘simlik bo‘lib, uni juda ko‘p sug‘orish va tez-tez suv sepib turish kerak.

Download 4.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling