Aniq va tabiiy fanlar


Download 4.28 Mb.
bet62/156
Sana26.10.2023
Hajmi4.28 Mb.
#1725077
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   156
Bog'liq
Mutahasislik faniga kirish MAJMUA

Boronalar tuproqning ustki yuza qatlamini yumshatish va qisman tekislash, tuproq namligining bug’lanib ketishini oldini olish, unib chiqqan va unib chiqayotgan begona o’tlarni yo’qotish va chirimay qolgan o’simlik qoldiqlarini yo’qotish kabi vazifalarni bajaradi. Baronalar tuzilishiga qarab tishli, prujinali va diskli og’irligi bo’yicha og’ir, o’rtacha og’ir va Yengil baronalarga ajratiladi. Og’ir baronalar zichligi tuproqlar yuzasini chuqurroq yumshatishga moslashgan bo’lib, uning har bir tishiga ikki kilogramm va undan ko’proq og’irlik tushadi. Yengil baronalar esa strukturali, yumshoq tuproqlarga ishlatilib, ularning har bir tishiga bir kilogrammga yaqin og’irlik to’g’ri keladi.
Kultivatorlar. Kultivatorlar tuproqning urug’ ekiladigan qatlamini yumshatish, begona o’tlarni yo’qotish, hamda kichik do’ngliklarni tekislash kabi muhim agrotexnika tadbirlarni amalga oshirish maqsadida qo’llaniladi. Kultivatorlar tuproqni ag’darmasdan uning yuza qatlamini yumshatadi. Bunda kultivator Yerni ekishga tayyorlash vaqtida kuzgi shudgorlash yo’nalishiga nisbatan ko’ndalangiga yurgiziladi. Kultivatorlar traktor yo’nalishiga qarab o’rnatma va tirkama bo’lishi mumkin. Kultivatorning asosiy qismlariga rama, o’rnatma qurilmasi, prujinalar ish organlari va ish organlarini har xil chuqurlikka rostlash mexanizmi, tayanch g’ildiraklari kiradi. Zichlashgan og’ir tuproqlarini ishlash uchun chizil-kultivatorlardan foydalaniladi. Chizel kultivator bilan chizilni tuproqni 10-15 sm ayrim hollarda 25 sm chuqurlikda yumshatish mumkin.
Yerni tekislash mashinalari, vazifalari. Tekislash erning yuza qismidagi notekisliklarni bartaraf etishdir. Bu jarayon namni saqlash, urug`ni bir xil chuqurlikka tashlash va sug`oriladigan erlarning teng namiqishi maqsadida bajariladi. Yerni haydalgandan so’ng er tekislanadi. Tekislanishda tuproq qatlami ma’lum chuqurlikda qirqiladi, aralashtiriladi, ag`dariladi, maydalanadi, yuza qismi bir muncha tekislanadi. Bunda er yuzidagi qolgan poyalar, begona o’t urug`lari va ildizlari tuproqqa aralashadi va to’liq ko’milib ketadi. Yerning haydalayotgan qatlami yaxshi maydalanganida uning barg zarralari orasidagi oraliq buzilib, natijada bug`lanish kamaytiriladi va erning nami qochmaydi. Shu bilan birga havo va suvning tuproqqa yaxshi maqbul sharoit yaratiladi. O’simlik qoldiqlarini chirishi va boshqa biologic jarayonlarni tezlashtiriladi. Organik
qoldiqlarining chirindisi o’z navbatida o’simlikning oziqlanishiga katta yordam beradi. Yuqorida keltirilgan dalillarga ega bo’lish uchun albatta tekislash maxsus mashinalar yordamida bajariladi. Bunday mashina – mexanizmlarga barganlar, molalar, chizillarga shunga o’xshashlar kiradi.

Download 4.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling