Aniq va tabiiy fanlar


Mahalliy tuproq turi va hosildorligi ekinlar ekish uchun qulayligini aniqlash. Ekin turlari uchun agrotexnik jarayon


Download 4.28 Mb.
bet65/156
Sana26.10.2023
Hajmi4.28 Mb.
#1725077
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   156
Bog'liq
Mutahasislik faniga kirish MAJMUA

Mahalliy tuproq turi va hosildorligi ekinlar ekish uchun qulayligini aniqlash. Ekin turlari uchun agrotexnik jarayon


O’simliklar tabiatning eng muhim qismi hisoblanib, bundan million yillar avval Yer yuzida paydo bo’lgan, ular tirik organizm bo’lib, ularning o’sishi va rivojlanishi uchun yorug’lik, issiqlik, namlik va oziq moddalar kerak bo’ladi. O’simliklardan yuqori hosil olish uchun ularni o’z vaqtida oziqlantirib, parvarish qilib turish kerak. O’simliklar tuproqdagi mineral moddalar bilan ildizi orqali oziqlanadi. Tuproqda o’simliklar uchun zarur bo’lgan xilma-xil oziq moddalar bo’ladi, agar tuproqda ana shu oziq moddalar Yetishmasa o’simlik yaxshi o’smaydi, rivojlanishdan orqada qoladi va hosildorligi kamayadi. Shuning uchun tarkibida oziq moddalari bo’lgan organik va mineral moddalar, o’g’itlar inson tomonidan tuproqqa solib turilishi kerak. O’simliklar tuproqdan tayyor oziq moddalarni ildizi orqali olishidan tashqari, ular oziq moddalarni barglarda ham hosil qiladi. O’simlik barglaridagi oziqlari orqali havodagi karbonat angidrid gazini olib, uni ildizi orqali o’zlashtirgan suv bilan oziq moddalarga aylantiradi. Bunday jarayonning ro’y berishida quyosh nuri issiqlik va bargdagi yashil xlorofill donachalari katta rol o’ynaydi. Ko’pchilik o’simliklarda shonalash gullash va meva hosil qilish paytida oziq moddalarga bo’lgan talab kuchayadi. O’simliklarni
parvarish qilish uchun uni tez-tez tagini yumshatib, chopib turish kerak, chunki o’simlik ildizi ham havodan nafas olib tursagina o’sishi yaxshi bo’ladi. Ularni doimiy ravishda begona o’tlardan tozalab turish kerak. Begona o’tlar parazit bo’lganligi uchun ular tez o’sib, madaniy o’simliklarni o’sishiga halaqit beradi va ular oziq moddalarni tez o’zlashtirib oladi. Madaniy o’simliklar esa suv va oziq moddalarni yaxshi o’zlashtira olmay, barglari sarg’ayib, hosildorligi pasayib ketishi mumkin. Shuning uchun ularni begona o’tlardan tez-tez tozalab turish kerak, organik va mineral o’g’itlar natijasida o’simliklar barglari va poyasi qalinlashib, hosildorligi yuqori bo’ladi.



Download 4.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling