Aniq va tabiiy fanlarni masofadan o’qitish” kafedrasi “milliy g’oya,MA’naviyat asoslari va huquq ta’limi”bakalavriat ta’lim yo’nalishi 3-kurs
Download 194.16 Kb.
|
Alfiya kurs jumis
- Bu sahifa navigatsiya:
- HUQUQIY MADANIYAT ASOSLARI’’ FANIDAN KURS SHI
- MUNDARIJA. KIRISh.
- XULOSA. ADABIYOTLAR ROʻYXATI. KIRISH.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI SIRTQI TA’LIM BO‘LIMI “ANIQ VA TABIIY FANLARNI MASOFADAN O’QITISH” KAFEDRASI “MILLIY G’OYA,MA’NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA’LIMI”BAKALAVRIAT TA’LIM YO’NALISHI 3-KURS “HUQUQIY MADANIYAT ASOSLARI’’ FANIDAN KURS SHI Mavzu: Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari fanini oʻqitishda Davlat va huquq asoslari fanining ahamiyati. Bajargan: Ro’zimurodova Sh Ilmiy rahbar: Pirniyozova M. Nukus-2023 MUNDARIJA. KIRISh. I BOB. Huquqiy madaniyatning mohiyati 1.1 Huquqiy madaniyat tushunchasi 1.2 Huquqiy tarbiyaning ahamiyati II BOB. Davlat va huquq asoslari fani 2.1 Huquqiy madaniyat nazariyasini yaratishda huquqshunoslik fani va yuridik ta’limning ahamiyati. 2.2’’ Davlat va huquq asoslari’’ va ”inson huquqlari’’ oʻquv fanlari-huquqiy tarbiya vositasi. XULOSA. ADABIYOTLAR ROʻYXATI. KIRISH. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng “Huquqiy demokratik davlat”qurish tamoyili asosida ishlar amalga oshirilmoqda.Bunda fuqarolarning huquqiy ongini,madaniyati,huquqiy bilimlarini oshirish juda ham muhim hisoblanadi. Huquqiy tarbiya va ta’limni kuchaytirishning asosiy choralari quyidagilardan iborat: -davlat huquqiy tarbiya va ta’limning asosiy tashqilotchisi sifatida ta’lim va tarbiyaning usullari va vositalarini, bu faoliyat bilan bevosita shug’ullanayotgan muassasalar to’zilmasini muntazam ravishda takomillashtirib boradi, huquqiy tarbiya va huquqiy ta’limning muqobil tizimlarini shakllantirishga yordam beradi; -aholi huquqiy madaniyatini oshirish borasida davlat to’zilmalari va jamoat birlashmalarining keng hamkorligini ta’minlash; ushbu faoliyatni muvofiqlashtirish, kechiktirib bo’lmaydigan va istiqboldagi vazifalarni aniqlash O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va yuristlar jamoat birlashmalari faoliyatining eng muhim yo’nalishlaridan bo’lib qolishiga erishish; -huquqiy tarbiya va ta’limning ta’lim-tarbiya muassasalari tomonidangina emas, balki huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat organlarining va korxonalarning (muassasalar, tashqilotlarning), shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik xizmatlari xodimlari ishtirokida ham amalga oshirilishi; -huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiyaning ularni maktabgacha tarbiya muassasalarida, umumta’lim maktablarida olib borilishini nazarda tutuvchi normativ va o’quv-uslubiy mezonlarni ishlab chiqish, tasdiqlash hamda yangi o’quv fanlarini joriy qilish; -huquqiy fanlar asoslarini chuqur o’rgatadigan o’quv yurtlari va ularda tayyorlanadigan yuridik kadrlarning sonini iqtisodiy, ijtimoiy, demografik vaziyat va jamiyatning tegishli mutaxassislarga bo’lgan ehtiyojini belgilovchi boshqa omillar e’tiborga olingan holda aniqlash; -darsliklar, o’quv qo’llanmalari va boshqa adabiyotlar tayyorlash va nashr etishni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish; -ta’lim tarbiya muassasalariga daxldor bo’lmagan shaxslarning (ishchilar, xizmatchilar, uy bekalari, pensionerlar, harbiy xizmatchilar va boshqalarning) huquqiy tarbiyasi va huquqiy ta’limi tizimini takomillashtirish. Bu ishga davlat yuridik o’quv yurtlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ilmiy-tadqiqot institutlari, huquqshunos olimlar va boshqalarni jalb qilish; -yuridik o’quv yurtlarining moddiy-texnika negizini mustahkamlash. Huquqiy ta’lim tizimi, uning mazmuni, maqsad va vazifalari, tamoyillari huquqiy ta’lim nazariyasini tashqil etib, huquqiy ongni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuktai nazardan qaraganda, huquqiy ta’lim nazariyasini quyidagi tushunchalarning mazmuni va ta’riflariga aniqlik kiritish bilan boyitish muhim nazariy va hayotiy-amaliy ahamiyatga ega: - huquqiy ta’lim - hayotiy-amaliy faoliyatda qo’llash uchun va egallanishi zarur bo’lgan huquqiy ma’lumot va ko’nikmalarni shakllantirishga qaratilgan, tizimli, rejali va muayyan maqsadga yo’naltirilgan nazariy va amaliy faoliyat jarayoni; - huquqiy tarbiya — huquqiy ong va madaniyatni shakllantirishga qaratilgan, turli shakllarda amalga oshiriladigan amaliy harakatlar va faoliyat tizimi; - huquqiy ta’lim tizimi — egallanishi zarur bo’lgan huquqiy ma’lumot va ko’nikmalarni tadrijiy shakllantirishga xizmat qiladigan va o’zaro uzviy bog’langan huquqiy ta’lim bosqichlarini o’z ichiga olgan tizim; - huquqiy tarbiya tizimi — huquqiy tarbiya jarayoni qismlarining yig’indisi bo’lib, uning muayyan tartibi va uyushtirilishini ta’minlaydigan tizim; - huquqiy ta’lim jarayoni — zarur huquqiy bilimlar va ko’nikmalarni shakllantirish bilan bog’lik faoliyat majmui; - huquqiy ta’lim mazmuni - zaruriy huquqiy bilimlar va ko’nikmalarni shakllantirish jarayoni bilan bog’lik, elementlar yig’indisi; - huquqiyni o’qitish — reja asosida alohida mavzularga doyr huquqiy bilimlar va ko’nikmalarni shakllantirishga qaratilgan uslub, vosita, texnologiyalar tizimi; - huquqiy bilim — huquqiy sohaga oid ma’lumot va axborotlar majmui; - huquqiy kunikma — egallangan huquqiy bilimlarni amalda qo’llash bilan bog’liq mahorat; - huquqiy malaka - huquqiy bilimlar va ko’nikmalarni o’zlashtirish natijasida orttirilgan tajriba; - huquqiy faollik - egallangan huquqiy bilim va ko’nikmalarni amalda qo’llashga intilish bilan bog’ lik faoliyat; - huquqiy savodxonlik - zarur huquqiy bilimlar, ko’nikma va malaqaning egallanganlik darajasi; - huquqiy tushuncha — huquqiy bilish ob’ektlariga xos muhim belgilarni umumlashtirib, birlashtirib aks ettiruvchi umumiy tasavvur; - huquqiy tasavvur - zarur huquqiy bilimlar va ko’nikmalarning yaxlit idrok qilinishi; - huquqiy idrok — huquqiy bilimlarni tushunish va fahmlash qobiliyati; - huquqiy e’tiqod - huquqiy bilimlar va ko’nikmalar asosida orttirilgan ishonch. Download 194.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling