II. AMALIY MASHG‘ULOT.
1-amaliy mashg’ulot: Voleybol o’ynida harakatlanish texnikasini o’rgatish. ( holatlar, siljishlar, yugirish, sakrash, yiqilish,burilish)
Voleybolda ham boshqa sport turlari kabi o‘rgatishning asosiy vositasi jismoniy mashqlar hisoblanadi. Ular juda turli-tumandir. SHuning uchun ular ma’lum bir o‘rgatish bosqichidagi qo‘yilgan vazifalarni hal etishdagi o‘rni bo‘yicha turkumlanadi. Bunday turkumlanishga voleybolchilarning musobaqa faoliyati asos qilib olingan. Shunga bog‘liq holda mashqlar ikki katta guruhga ajratiladi: asosiy yoki musobaqa va yordamchi yoki trenirovka.
Musobaqa mashqlari voleybolga xos bo‘lgan xususiy mashqlardir. Bunda texnik usullar va taktik harakatlar musobaqa sharoitidagi o‘yin holatlariga mos holda bajariladi.
Trenirovka mashqlari asosiy malakalarni egallashni engillashtirish, tezlashtirish va ularni qo‘llash samaradorligi, ishonchliligini ta’minlashga qaratilgan-dir. Ular maxsus va umumrivojlantiruvchi mashqlardan tashkil topadi.
Maxsus mashqlar ikki guruhga bo‘linadi: tayyorgarlik mashqlari; yaqinlashtiruvchi mashqlar. Tayyorgarlik mashqlaridan asosan maxsus jismoniy sifatlarni tarbiyalashda foydalaniladi. Yaqinlashtiruvchi mashqlardan aniq texnik harakatlarni egallashga qaratilgan jarayonda foydalaniladi.
|
Maruza matni, o‘quv-uslubiy majmua, plakatlar, jadvallar, elektron doska, kompyuter, proektor,o‘quv qo‘llanmalar, slaydlar, dasturlar, umumrivojlantiruvchi va maxsus mashqlar majmuasi.
|
“Klaster”, “Bumerang”, dialogik yondoshuv. Ma’ruza, namoyish etish, savol-javob, “Blits-surov”, “Fikrlash xaritasi”, kichik guruxlarda ishlash metodlari.
|
1. Trenirovka mashqlari, musobaqa mashqlari maxsus mashqlarni ta’riflash
|
1. Voleybolda o’rgatishning asosiy vositasi qaysi
2. Jismoniy mashqlarni ta’riflang.
3. Maxsus mashqlarni ta’riflang
4. Trenirovka mashqlarining haqida aytib bering
5. To’pni uzatish va qabul qilish usullarini aytib bering
6. To’pni qabul qilishni o’quv o’yini jatayonida qo’llash.
7. Raqib jamoasining kuchsiz to‘siq qo‘yuvchisiga nisbatan to‘p uzatish;
8. To‘pni qabul qilish va o‘yinning taktik rejasidan kelib chiqib to‘p uzatish traektoriyasini belgilash 9. Harakat malakalarini shakllantirish etaplarini ta’riflang.
|
A1;A2; AZ; A4; A5; A6; A7; Q1; Q2; Q3; Q4; Q5; Q6; Q7; Q8. E;,E2; E3;E4.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |