Aniqlash usullari


Download 1.61 Mb.
bet8/133
Sana05.01.2022
Hajmi1.61 Mb.
#214827
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   133
Bog'liq
Абдисамат ВАСИДОВ-lotincha (Lotincha)

1.1.1. Toron – 220Rn
1900 yili Kanadada R.B. Ouens va E. Rezerfordlar 232Th elementining emirilishi natijasida, suyuqlikda radioaktiv substansiya (o‘zgaruvchan materiya) hosil bo‘lishini va uning havo oqimi bilan harakatlanishini kuzatishgan. Rezerford hosil bo‘lgan substansiyaning radioaktiv gaz –220Rn ekanligini va u toriyning emanatsiyasi, ya’ni toriydan sizib chiqishini (lot. – emanatsiya; rus. –vыtekatь; o‘zb. – oqib chiqishi) isbotladi [2], keyinchalik u toron deb ataldi.
1.1.2. Radon – 222Rn
1900 yili Germaniyada F.E. Dorn 226Ra elementidan ajralib chiqayotgan gaz holatidagi yangi elementni aniqladi. Keyingi izlanishlar, 226Ra emanatsiyasidan hosil bo‘ladigan radioaktiv elementning kimyoviy xossalari ksenon va boshqa inert gazlarning xossalariga o‘xshashligi va uning o‘rtacha atom og‘irligi 222 tengligini isbotladi va u radon (222Rn) nomini oldi [3]. Normal va toza holatda uning solishtirma zichligi 9,727 kg/m3 ekan.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling