Abdisamat VASIDOV
R A D O N
VA UNI
ANIQLASH
USULLARI
TOSHKENT
«O‘ZBEKISTON»
2015
UO‘K546.296
KBK 24.120
V-26
Taqrizchilar:
S. Muxammedov– texnika fanlari doktori,
professor,
M.A. Qayumov– fizika-matematika fanlari nomzodi,
D.A. Zareddinov–
tibbiyot fanlari doktori, professor
Ushbu monografiyada tabiiy radon radioizotoplarining fizik va kimyoviy xossalari, ularning hosil bo‘lish manbalari, o‘tish masofalari va radon emanatsiyasi qiymatining tuproq o‘tkazuvchanligiga va g‘ovakligiga bog‘liqligi, shuningdek, radonning zilzila va vulqon buhronlarida darakchilik roli to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan. Dunyo mamlakatlari atmosferasidagi, uylaridagi va materiallaridagi radonning hajmiy aktivligi va eksxalyasiya tezligining taqsimlanish qiymati keltirilgan va tahlil qilingan. Radon gazining inson hayoti uchun foydali va zararli xossalari, uning havodagi, suvdagi, qattiq jismlardagi chegara qiymatlari va nurlanish dozalari va ba’zi normativ chegara qiymatlari bo‘yicha zaruriy fikr-mulohazalar bayon etilgan. Radon o‘lchash asboblarining tuzilishi, ishlash prinsipi va ulardan foydalanish yo‘riqlari berilgan. Kitobda radon gazining ahamiyati va undan foydalanish muammolari O‘zbekiston misolida ko‘rib chiqilgan hamda radon o‘lchash ishlari bo‘yicha respublikada erishilgan ilmiy natijalar to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.
Ushbu monografiya fizika, geologiya, ekologiya, tibbiyot sohasidagi mutaxassislarga va talabalarga mo‘ljallangan.
ISBN 978-9943-28-220-9 © A. Vasidov, 2015.
© «O‘ZBEKISTON» NMIU, 2015.