I bob. RADONNING TABIIY IZOTOPLARI VA XOSSALARI
1.1. Radon izotoplari
Radon (lotincha Radonum–Rn) D.I. Mendeleev davriy sistemasining VIII gruppasidagi atom tartib raqami 86 bo‘lgan, og‘ir radioaktiv va inert gazlar turkumiga kiruvchi kimyoviy elementdir. Tabiatda radonning uchta -radioaktiv izotoplari mavjud. Ulardan yarim emirilish davri eng qisqasi aktinon 219Rn (T1/2=3,96 sek) bo‘lib, aktinouran (235U) qatorida joylashgan; keyingisi toron 220Rn (T1/2=55,6 sek) bo‘lib, toriy (232Th) qatorida joylashgan va uchinchisi radon 222Rn (T1/2=3,82 kun) bo‘lib, uran (238U) qatorida joylashgan.
Radon izotoplarining kashf qilinishi, Mariya va Pьer Kyurilarning tabiiy radioaktiv elementlarni o‘rganish va ularni ajratib olish ishining davomi va mahsulidir. Ular birinchi bo‘lib, radiy radioaktiv elementini bir necha tonna uran qazilmalaridan maxsus smolalar yordamida ajratib olishga erishishgan. Bu ishlar natijasi 1898 yil ilmiy jurnalda e’lon qilingan [1].
Do'stlaringiz bilan baham: |