Aniqlash usullari
Radonning fizik va kimyoviy xossalari
Download 1.61 Mb.
|
Абдисамат ВАСИДОВ-lotincha (Lotincha)
1.2. Radonning fizik va kimyoviy xossalari
1.2.1. Radonning fizik xossalari Nodir elementlar gruppasiga kiruvchi radonni, normal holatda boshqa kimyoviy elementlar bilan birikma hosil qilmaydigan inert gaz deb hisoblashadi. U hid va ta’mga ega bo‘lmagan, rangsiz gaz. Muhit temperaturasi 0°S bo‘lganda, radonning o‘rtacha solishtirma zichligi 9,81 kg/m3 ga teng (uy haroratida 9,727 kg/m3 [4]) va u vodoroddan 110 marta, geliydan 55 marta, havodan 7,6 marta og‘ir. Radon atomining tashqi elektron qavatida 8 ta elektron joylashgan bo‘lib, 6s26p6 konfiguratsiyaga ega. SHuning uchun u kimyoviy reaksiyalarga kirishmaydigan elementlar turiga kiradi [8, 9]. Er yuzasidan 1,6 km chuqurlikkacha 115 t atmosferada esa 4 kg radon mavjud [4]. Radioaktiv rudalar va minerallar tarkibida hosil bo‘lgan radon boshqa gazlar oqimi ta’sirida erning ustki qismiga, ya’ni gidrosferaga keyin esa atmosferaga ko‘tariladi. Atmosferadagi o‘rtacha radon miqdori umumiy massaga nisbatan 610–17%, dengiz suvida esa 0,001 pKi/l ni tashkil qiladi. Muhit harorati 0°S, bosimi 105 Pa bo‘lganda, 1 g radiy yopiq muhitda 0,66 mm3 hajmli radon hosil qiladi va keyin ham uning miqdori ko‘paymaydi. Agar yopiq muxitdagi radon chiqarib yuborilsa, u yana avvalgi miqdorga etguncha yig‘ilib boradi [4-7]. Radonning suvda erish xususiyati ksenon va kriptonga nisbatan, mos ravishda 2 va 4 marta yuqoridir. Agar 20-25°S da, radonli idish teng yarim hajmda suv va havo bilan to‘ldirilsa to‘rtdan bir qismi suvda, to‘rtdan uch qismi havoda qoladi, uy harorati nolь darajada bo‘lsa, radonning yarmi suvda eriydi. Suvda elektrolitlar tarkibi ko‘payishi bilan radonning erishi kamayib boradi. SHuning uchun ham daryo suvlarida radon miqdori dengiz suvlariga qaraganda ko‘proq. Spirt va organik kislotalarda radonning erish xususiyati suvdagita qaraganda 20-40 marta yuqori [4]. Radon izotoplarining yana bir xususiyati, har qanday buyumga tegishi bilan radioaktiv nishon qoldirishidir. Buyumlar yuzasidagi radon izotoplari emirilgandan so‘ng, yuzada yupqa (Tl, Bi, Po, Pb va Al) metall elementlaridan iborat topgan «radioaktiv nishon» qoldiradi [6, 10]. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling