Aniqlash usullari


Radonning kimyoviy xossalari [4]


Download 1.61 Mb.
bet11/133
Sana05.01.2022
Hajmi1.61 Mb.
#214827
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   133
Bog'liq
Абдисамат ВАСИДОВ-lotincha (Lotincha)

1.2.2. Radonning kimyoviy xossalari [4]
Radon izotoplari yangi kashf qilingan paytda, boshqa nodir elementlar kabi kimyoviy birikma hosil qilmaydigan kimyoviy inert gazlar deb hisoblangan [4]. Tabiatda, klatrat moddalar toifasiga kiruvchi va Van-der-Vaalьs kuchlari hisobiga bir-birini ushlab turuvchi birikmalar ma’lum. Bunday klatrat moddalar qatoriga – ksenon, kripton va argon gidratlari kirishi mumkin. Klatratlarning hosil bo‘lishi uchun suv yuzasi ustidagi gazlarning bosim kuchi, shu haroratdagi gidratlarni ajratish elastik kuchidan kattabo‘lishi kerak. SHunga o‘xshash radon klatratlarini hosil qilish va suv yuzasidagi bug‘ elastikligining o‘zgarishi bo‘yicha radon birikmasini aniqlash uchun juda ko‘p miqdorda radon talab qilinadi. Radon klatratlari birikmasini olishning yangi usuli B.A. Nikitin tomonidan taklif qilingan. U radon molekulyar birikmalarini tashuvchi kristallar bilan izomorf cho‘ktirish jarayonida hosil bo‘ladi. Masalan, toluol va fenol bilan yuqorida keltirilgan jarayonda radon klatratlar olingan. 1962 yili radon va ftorid ksenon sintez qilish yo‘li bilan birinchi marta diftorid radon (RnF2) birikmasi olindi. RnF2 birikmasini ikkita usul bilan hosil qilish mumkin. Birinchisi – radon gazi oqimi bilan ftorni 400°S da to‘qnashtirib sintez qilish, ikkinchisi radon gazini diftorid kripton, di- va tetraftorid ksenon bilan oksidlanish jarayonida hosil qilsa bo‘ladi. Diftorid radon birikmasi 200°S gacha o‘zgarmaydi, biroqH2muhitida, harorat 500°S va bosim 20 MPa bo‘lganda radon vodorod bilan birikadi.

Kam miqdordagi radonning gaz muhitida yoki izomorf holatida taqsimlanishi Xlopin qonuniga bo‘ysunadi, ya’ni asosiy birikmalarning tarkibi o‘zgargani bilan kristallanish koeffitsienti o‘zgarmaydi. Radon gazining optik spektri boshqa inert gazlar spektriga o‘xshaydi, uning birinchi uyg‘onish potensiali 10,745 eV ga tengdir.



Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling