Aniqlash usullari
Er osti suvlaridagi radon konsentratsiyasi
Download 1.61 Mb.
|
Абдисамат ВАСИДОВ-lotincha (Lotincha)
- Bu sahifa navigatsiya:
- . Radon mikdorining g‘ovak namligiga va xaroratiga bog‘liqligi
1.4.1.2. Er osti suvlaridagi radon konsentratsiyasi
Radon gazi suvda yaxshi eruvchanligi (rastvorimostь, solubility) bilan boshqa inert gazlardan ajralib turadi. Suvning harorati (T=0; 20 va 50°S) oshib borishi bilan radonning suvda erish koeffitsienti (kT) mos ravishda: 0,52; 0,25 va 0,14 kamayib boradi. Bundan ko‘rinib turibdiki, radonning suvda erish koeffitsienti suv haroratiga teskari bog‘langan bo‘lib, uni ushbu kT empirik formula bo‘yicha aniqlash mumkin [4, 198]: kT = 0,1057+0,405 (1.4) Tuproq g‘ovaklari suv bi lan to‘lib borgan sari undagi radon miqdori ham oshib boradi. G‘ovak havosidagi va g‘ovakni egallagan suvdagi radonning miqdoriy nisbati muhitni muvozanatlovchi kuchlar ta’siriga, ya’ni shu muhitning harorati va namligiga bog‘lik. G‘ovak bo‘shlig‘idagi namlik oshganda radon emanatsiyasi ko‘payadi. G‘ovak harorati ~ 15 °S bo‘lib, havo va suv teng hajmda bo‘lsa, havodagi radon miqdori suvga nisbatan 3 marta katta bo‘ladi. G‘ovakning harorati ~0°S bo‘lganda havodagi radon miqdori suvga nisbatan 2 marta katta bo‘ladi [26, 27]. Agar tuproq g‘ovaklarining 75% ini suv, qolgan 25% ini havo egallagan bo‘lsa, havoli g‘ovaklardagi radon ikki marta ko‘p bo‘ladi. [28] maqola mualliflari har xil chuqurlikda va tuproq g‘ovakparini suv egallagan muhitdagi radon miqsorini aniqpash modelini taklif qilishdi. Bu modelga asosan, HAT=0 bo‘lganda, er yuzasidan 1 metr chuqurlikda joylashgan g‘ovaklardagi radonning maksimal HA -Atax (Bk/) ushbu formuladan aniqlanadi: Atax = { SRa∙e∙d(1-p)/p} [f(kT-1)+1], (1.5) bu erda: SRa-radiy akgivligi, Bk/kg; e-radonning g‘ovak bo‘shlig‘iga emanatsiyasi, nis. b.; d- materialning zichligi, kg/m3 (2700 kg/); r - g‘ovakligi, nis. b.; f- g‘ovakdagi suv va havo nisbati; kT –(suv)/(havo) – 222Rn suv va havodagi erish koeffitsienti nisbati. Tuproq harorati 0°S dan 25°S ga oshganda kT qiymati tegishlicha 0,525 dan 0,226 ga kamayadi. G‘ovakdagi suvning harorati 25°S, namligi f=0,95, SRa = 30 Bk/kg, e = 0,2 va d= 2700 kg/ bo‘lganda 222Rn hajmiy aktivligi 21200 Bk/ ga teng bo‘ladi. Radon miqdorining g‘ovak namligi va haroratiga bog‘liq holda o‘zgarish diagrammasi 1.2-rasmda keltirilgan. [29]. Er osti suv katlamiga yaqinlashgan sari, tuproq g‘ovaklari suv bilan to‘la boshlaydi va g‘ovak havosidagi radon miqdori ham oshib boradi. Er osti suv qatlamining kuyi qismidagi hamma g‘ovaklarni suv egallagan bo‘lsa, hosil bo‘layotgan radon atomlarining chiqishi suvga to‘g‘ri keladi. 1.2-rasm. Radon mikdorining g‘ovak namligiga va xaroratiga bog‘liqligi: 1-havo 10°S; 2-havo O°S; 3-suv O°S; 4-suv 10°S. Ma’lumki, radonning suvdagi diffuzion o‘tish masofasi (Dsuv= s/sek) havodagiga (Dhavo= s/sek) nisbatan marta kam bo‘lib, ularning juda arzimagan qismigina diffuzion siljishi mumkin. Bu jarayon o‘z navbatida, tuproq g‘ovagida hosil bo‘layotgan radonlar bilan g‘ovak suvlaridagi radonlar soni orasida, muvozanat o‘rnatilishiga olib keladi. Ӯtkazilgan tajribalardan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, tuproq, tog‘ jinslari va beton g‘ovaklari suvga to‘lib borgan sari radon emanatsiyasi ham oshib borar ekan. YA’ni, quruk g‘ovaklarga nisbatan nam g‘ovaklarda radon emanatsiyasi 2—3 marta kattaligini [21] ish misolida ko‘rish mumkin. Tuproq g‘ovaklarining namligi ortishi bilan radon emanatsiyasining ko‘payishini, [30] maqolada - hosil bo‘layotgan radon atomlarining mineral panjarasiga o‘tishiga suvli g‘ovaklar to‘sqinlik qilishadi deb tushuntirsa, [31] maqolada esa, hosil bo‘layotgan radon atomlarining quruq tuproq mineral donalarida o‘tirib qolishi deb tushuntiriladi. Har xil jinslarda radonning o‘tirib qolish koeffitsienti tekshirilganda tashqi yuzasi katta bo‘lgan materiallarda bu koeffitsientning yuqori bo‘lishi aniqlandi. Masalan, oddiy tuproq yuzasiga radon atomlarining cho‘kishi kvars qumiga nisbatan ko‘p va cho‘kish koeffitsienti muhitning namligiga teskari proporsionaldir. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling