Bolalarni nutqini o'stirishning maqsad va vazifalari Glossary Til


Download 15.48 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi15.48 Kb.
#1818064
Bog'liq
Bolalarni nutqini


Bolalarni nutqini o'stirishning maqsad va vazifalari
Glossary

Til - deb murakkab muloqot tizimiga yoki shu tizimni oʻrganish va ishlatish qobiliyatiga aytiladi. Til asosan muloqot vositasi hisoblanadi. Tilni oʻrganuvchi sohaga tilshunoslik deyiladi. Jahon tillari miqdorini aniqlash uchun til va sheva orasida farq oʻrnatish zarur. Shunga qaramay, tillar soni 6–7 ming orasida, deb hisoblanadi.
Nutq — tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli. Nutq deganda uning ogʻzaki (ovozli) va yozma ravishda namoyon boʻlishidagi jarayonlar, yaʼni soʻzlash jarayoni va uning natijasi (xotirada saqlangan yoki yozuvda qayd etilgan nutqiy fikrlar, asarlar) tushuniladi.
Pedagogika - (gr. 'παῖς', paіda — bola, gr. 'ἄγω', gogos — yetaklovchi) atamasi qadimiy boʻlib, „bola yetaklovchi“ degan maʼnoni bildiruvchi grekcha „paydogogos“ soʻzidan kelib chiqqan. Tarixiy manbalarning koʻrsatishicha, qadimgi Yunonistonda oʻz xoʻjayinining bolalarini sayr qildirgan, ehtiyot qilgan, harbiy mahoratni oʻrgatgan tarbiyachini, yaʼni qullarni „pedagog“ (bola yetaklovchi) deb atashgan. Keyinchalik esa, maxsus oʻqitilgan va pedagoglikni oʻziga kasb qilib olgan kishilarni pedagog deb atay boshlashgan.
Pedagogika (yun. paidagogike) — tarbiya, taʼlim hamda maʼlumot berishning nazariy va amaliy jihatlarini oʻrganuvchi fanlar majmuasi.
Metod - (yun. "metodos" — bilish yoki tadqiqot yoʻli, nazariya, taʼlimot) — vo-qelikni amaliy va nazariy egallash, oʻzlashtirish, oʻrganish, bilish uchun yoʻl yoʻriqlar, usullar majmuasi, falsafiy bilimlarni yaratish va asoslash usuli.
Metodika - Biror ishni bajarish, amalga oshirish, ado etish metodlarining, usullarining yigʻindisi. ◆ Ilmiy-tadqiqot metodikasi. 2 Oʻqitish usullari xaqidagi taʼlimot. ◆ Uzbek tili metodikasi. Rus adabiyoti metodikasi.
Tarbiyachi - tarbiya beruvchi shaxs, mu-rabbiy. ◆ Bogʻcha tarbiyachisi. Tarbiyachi ayol. vs Uning gʻurur toʻla koʻzlari.. ustozlariga ti-kilar, ota oʻrnida otalik kalgan hurmatli Davronovga, jonkuyar tarbiyachi Nafisa xo-nimga chin qalbidan minnatdorlik bildir-gisi kelar edi. „Oʻqituvchi“ . ◆ Abdulla Qahhor yoshlarning.. tom maʼnodagi tarbiyachisi edi.
Malakalarni - Kasbni, ishni yaxshi oʻzlashtirish natijasida orttirilgan taj-riba, koʻnikmalar; mahorat. ◆ Malaka hosil qilish. Malaka oshirish. yash Qambar kelib, oʻzining malaka orttirgan xizmatini ba-jara boshlagach, Yoʻlchi qorongʻi supadagi taqir namat ustiga choʻzildi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . ◆ Jangchilar zarur boʻlgan malakani orttirishi bilanoq betoʻxtov frontga yuboriladi, deb taxmin qilgan edi
Tovush - (tilshunoslikda), nutk, tovushi — kishining murakkab artikulyatsion faoliyat natijasi gʻisoblangan, muayyan akustik (eshitilish) va perseptiv (idrok etilish) xususiyatlari bilan ajralib turadigan eng kichik nutq birligi. Talaffuz usuliga muvofiq holda Tovushning akustikasi, artikulyatsiyasi va persepsiyasi haqida fikr yuritiladi. Har bir nutq tovushi artikulyatsion jihatdan talaffuz aʼzolarining murakkab harakati natijasida paydo boʻladi. Akustik jihatdan esa, har qanday boshqa tovush singari, havo muhiti orqali tarqaladigan tebranma harakat sifatida taʼriflanishi mumkin. Nutq tovushlarini hosil qiluvchi vosita (tebrantiruvchi kuch) oʻpkadan nafas yoʻli orqali chiqib, avval boʻgʻizga va undan ogʻiz boʻshligʻiga, baʼzan burun boʻshligʻiga oʻtadigan havo oqimidir. Ovoz (un), asosan, boʻgʻizda hosil boʻladi. Unda koʻndalang joylashgan elastik, yupqa tovush (un) paychalari mavjud boʻlib, soʻzlash paytida oʻpkadan chiqayotgan havoning kuchi bilan titraydi va ovoz hosil qiladi. Unlilar, sonorlar va jarangli undoshlardagi ovoz ana shuning natijasidir. Boʻgʻiz orqali oʻtgan havo oqimi til, tanglay, tish yoki ikki labning toʻsqinligiga duch kelib, shovqin paydo qiladi, natkjada jarangsiz undoshlar hosil boʻladi.
Axloq – kishilarning bir-birlariga, oilaga, jamiyatga boʻlgan munosabatlarida namoyon boʻladigan xatti-harakatlari, xulq-atvorlari, odoblari majmui. Huquqdan farqli ravishda axloq talablarini bajarish-bajarmaslik maʼnaviy taʼsir koʻrsatish shakllari (jamoatchilik tomonidan baho berish, qilingan ishni maʼqullash yoki qoralash) bilan belgilanadi. Axloqni etika fani oʻrganadi.
Hikoya - hikoya (hayoliy yoki real odamlar va voqealar haqida hikoya). Qisqa hikoya, odatda bitta o'tirishda o'qilishi mumkin bo'lgan nasriy fantastika

Download 15.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling