Harf shakllarini to’g’ri yozishga o’rgatish Annotatsiya
Download 20.64 Kb.
|
Husnixat maqola — копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar;
Harf shakllarini to’g’ri yozishga o’rgatish Annotatsiya; Chiroyli yozuv har bir insonning ichki go’zalliklarini, didini va mahoratini namoyon qilib beradi, shu sababli 1-sinfdan boshlab o’quvchilarda chiroyli yozuv shakllantiriladi. Badxatlik esa hafsalasizlik va dangasalik belgisi. Ushbu maqolada chiroyli yozuv metodlari va o’quvchilar yozuviga qo’yilgan talablar yoritilgan. Kalit so’zlar; Xattotlik, metod, chiroyli yozuv, youv qurollari, talablar, harf unsurlari, harflar qiyaligi, qo’l harakati. O`zbek xalqi uzoq asrlik tarixida yaratib qoldirgan madaniy merosida chiroyli yozuvga o`rgatish , ya`ni xattotlik san`ati alohida o`rin egallaydi. O`rta asrlarda har qanday asar qo`lda ko`chirilib kitob qilingan. Qo`lyozmalarni kitob holiga keltirish katta hunar va san`at hisoblangan. Qo`lda ko`chirilgan har bir asar san`at mo`jizasi kabi nodir sanalgan. Bir qancha olim va fozil kishilar yoshlikdan xattotlik san`atini egallab keyinchalik kotiblikda ham nom chiqarganlar. Ular faqat o`z asarlarini emas, balki boshqa mualliflar asarlarini ham ko`chirganlar. Masalan, Hofiz Sheroziy Xusrav Dexlaviyning “Xamsa”sini ko`chirgan. Alisher Navoiyning mohir xattot ekanligi tarixiy manbalardan ma`lum. Zahiriddin Muhammad Bobur arab alifbosida turkiy xalqlarga moslab “Xatti Boburiy”deb atalgan alifboni yaratgan. Yana bir mashhur xattot, xattotlar sultoni, Sulton Ali Mashhadiy bu sohaga ulkan hissasini qo’shdi. Chiroyli yozuv shakllanishi qadim-qadimdan diqqatga sazovor bo’lib kelmoqda. Podshohlar ham bu o’rinda kata ta’sir etgan va ular chiroyli yozuv san’atining rivoji uchun sharoaitlar yaratib bergan. O`quvchilarning chiroyli yozuv malakalarini hosil qilish uchun birinchi navbatda diqqat, sezgi, idrok etish va xotira kabi psixofiziologik funksiyalar ishtirok etganligini ko`ramiz. Psixik jarayonlar va inson psixikasi xususiyatlari orasida diqqat faoliyati alohida o`rin tutadi. U ongning hamma shakllarida ishtirok etadi. Diqqat jismoniy harakat talab qiladigan , ishni yaxshi bajarishga yordam beradigan omillardan biridir. Bilimni o`zlashtirish uchun o`quv materialini idrok etish talab qilinadi. Yozish jarayonida ko`rish va eshitish sezgilari idrok qilinadi. Yozuv jarayoni turli yozuv qurollari(ruchka, qalam, bo`r)orqali amalga oshiriladi va qaysi yozuv qurolidan foydalanishiga qarab qo`l harakatlari shunga moslashtiriladi. Chiroyli yozuvga o`rgatishda , birinchi navbatda , quyidagi malakalarni singdirib borish talab etiladi: 1. Yozuv qurollaridan to`g`ri foydalanish 2. Parta ustida daftarni to`g`ri qo`yish 3. Yozayotganda gavdani to`g`ri tutish va tirsaklarni to`g`ri harakat qildirish 4. O`z xatini berilgan namuna bilan taqqoslashga o`rgatish. 5. Tovushni bosma harfga, bosma harflarni esa yozma shaklga aylantirishga o`rgatish. 6. Harflar shaklini idrok etishga (yozuvni qayerdan boshlash, qayerda tugatish, o`ngga, chapga, burilish, bog`lash va h. k)o`rgatish. 7. Harflarni bir-biriga bog`lab yozishga o`rgatish. 8. Harflarni bir xil balandlikda va kenglikda tekis yozishga o`rgatish. 9. Daftar chizig`idagi qatorlarni to`g`ri to`ldirish sarlavha, oy va kunlarni to`g`ri yozish. 10. Harflarning 65 daraja qiyaligini to`g`ri saqlash. Savod o’rgatish davrida Husnixat fanining o’rni katta , shuning uchun 1-sinf o’quvchilariga Husnixat fani 21 soat qilib berilgan. Har bir sohada metodika bo’lganidek chiroyli yozishga o’rgatishning ham o’z metodlari mavjud, bular; Download 20.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling