Harf shakllarini to’g’ri yozishga o’rgatish Annotatsiya


Harflarning shaklini tahlil qilish


Download 20.64 Kb.
bet3/3
Sana16.06.2023
Hajmi20.64 Kb.
#1506758
1   2   3
Bog'liq
Husnixat maqola — копия

5. Harflarning shaklini tahlil qilish.
Harf va uning unsurlarini tahlil qilishni turlicha amalga oshirish mumkin. Harflarni unsurlarga ajratib tahlil qilish, uning necha unsurdan tuzilganligini, har bir unsur qanday shaklga ega ekanligini, bu unsurlar boshqa harflar bilan bog`lanishda qanday ko`rinishga ega ekanligini o`quvchilar tasavvur etadilar. Masalan, kichik n va m harfining birinchi unsure bir xil shaklga ega, ammo kichik n harfida bitta ilmoqli kichik tayoqcha bo`lsa, kichik m harfida ikkita ilmoqli tayoqcha bo`ladi.
6. Yozuv malakasini ongli o`zlashtirish.
Chiroyli yozuv qoidalarini yaxshi bilish yozuv malakasining shakllanishiga yordam beradi.
Masalan, 1-sinfda dastlab to`g`ri o`tirish, ruchkani to`g`ri ushlash, daftarni to`g`ri holatda qo`yish kabi talablar asosida so`zlarda harflarning balandligini va qiyaligini bir xilda saqlash, so`zlarda harf unsurlari va ularning oralig`ini bir xil uzoqlikda chamalab yozish qoidalari kelib chiqadi. 2-sinfdan boshlab chiroyli yozuv malakasiga o`rgatishda yozuv texnikasiga oid bo`lgan kichik va bosh harflarni bir xil balandlikda chamalab yozish, 4-5 harfdan iborat so`zlarni qo`l harakatini uzmasdan bog`lab yozish, tez va toza yozish kabi qoidalar talab etiladi. Chiroyli yozuv deganda biz toza va aniq chiziqlar bo`yicha, husnixat namunalarida ko`rsatilganidek yozilgan yozuvni tushunamiz.
3-sinfdan boshlab esa bu qoidalarga yana qo`shimcha tez va toza yozish qoidalari kiritiladi.
Harflarni to’g’ri yozishga o’rgatish jarayonida uning qiyaligiga ham alohida e’tibor berish lozim. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining yozuvlari har xil qiyalikda bo’lishi mumkin. Ba’zilariniki me’yor darajasidan oshgan holda qiya bo’lishi kuzatiladi. Daftar o’ng tomonga qiya holda turishi kerak. Qiya holda yozishni o’rgatish uchun o’quvchining daftari o’qituvchi yordamida me’yoriy qiya shaklda qo’yib beriladi. O’quvchi shunda ham qiynalsa partaga o’qituvchi tomonidan 65 daraja qiya chiziq chizib beriladi. Shu o’lcham orqali o’quvchi bir xil qiyalikda yozib chiroyli yozuvga o’rganadi. Daftarning parta ustida noto’g’ri turishi nafaqat yozuvning xunukligiga, balki gigiyena qoidalarining buzilishiga ham zarar yetkazadi.
Inson yaralar ekan hayot davomida qalbi, ko’ngli doimo go’zallikka intilib yashaydi. Go’zallik nafaqat tabiatda balki, shaxs kamolotida ham uchraydi va muhim o’rin tutadi. Shaxsning qanchalar yetukligi uning odob-axloqi va tarbiyasida namoyon bo’ladi. Agarda chuqur mulohaza qilsak, kimning tarbiyasi va odobi ma’naviy jihatdan yetuk hamda estetik jihatdan go’zal bo’lsa, bilingki uning yozuvi ham odob-axloqi singari go’zal va yetuk bo’ladi. Demak, inson kamolotida yozuvning o’rni beqiyos ekan, shu boisdan har bir pedagog o’z o’quvchilarining yozuvlari bilan individual tarzda shug’llanishi kerak. Bunda harflarning hajmi bir xilligiga alohida e’tibor qaratish lozim. Harflarning balandligi va kengligi bir xil miqdorda yozilishi ham yozuvning chiroyli chiqishiga sabab bo’ladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun yozuvning miyordan ortiq tez bo’lmasligini ta’minlash o’qituvchining vazifasi. Agar bunday xatoga , ya’ni me’yordan ortiq tezlashib ketishiga yo’l qo’yilsa, o’quvchining yozuvi ravon bo’lmasligi kuzatilishi mumkin. Turkiya davlatining ayrim maktablarida boshlang’ich sinf o’quvchilariga bosma shaklda yozishni o’rgatishar ekan va bu ular uchun o’ziga xos metod bo’lib o’zlari uchun samara beradi. Bizda esa, boshlang’ich sinf o’quvchilariga yozma shaklda o’rgatilishi qulay va anchagina samaralidir. Boshlang’ich sinf o’qituvchilari o’zlarida juda ham katta mas’uliyatni his qilishlari kerak. Chunki, ular yosh avlodning poydevorini qo’yib beradilar.
Bir maromda harakat qilib yozish, har bir harf va uning elementlari bir xil balandlikda va qiyalikda bo`lishi alohida go`zallik kashf etadi. Yozuvning tezligini oshirib borishda bolalarning qo`l harakati bir maromda bo`lishiga e`tibor berish, barmoqlarning charchab qolishiga yo`l qo`ymaslik kerak.
Boshlang`ich sinflarda bolalarga chiroyli yozuv malakasini singdirish har bir o`qituvchidan chidam va mahorat talab etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. M. Gulomov, K. Tursunova, D. Po`latova “Chiroyli yozuv malakalarini shakllantirish” Uslubiy qo`llanma Toshkent “Turon Iqbol 2013.
2. G`ulomovM. ”Husnixat” 1-sinflar uchun-T. :O`zbekiston 2002.
3. G`ulomov M. ”Husnixat”2-sinflar uchun-T. :Cho`lpon 2003.
Download 20.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling