λ- 222Rn парчаланиш доимийси, с;
n- ҳавонинг алмапшш тезлиги, с;
At- тупроқ бўшлигадаги РҲА, Бк/;
Аmax— максимал РҲА (n = 0), Бк/.
Ilovaning I3-jadvalida xona havosining almashish tezligining kunlik va fasllar o‘zgarishiga bog‘liq qiymatlari kelshrilgan [204].
SHunday qilib, tuproqdagi radonning aktivligini hisoblashda, uning diffuziya koeffitsienti va havo almashish tezligani hisobga olish zarur.
1.4.3. Radonning tuproq chuqurligi bo‘yicha taqsimlanishi
Xonadagi radon miqdori, poydevor tuprog‘idagi U va Ra tarkibiga, g‘ovakligiga, namligiga, o‘tkazuvchanligiga va qurilish materiallarining solishtirma akgivligiga o‘zaro aloqador. Bino xonalarini konteynerlar shaklida tasavvur qilsak, uning ichidagi radon mikdori poydevor va devorlardan tarqayottan 222Rn oqimiga bog‘liq. Har xil yuzalardan chiqayotgan radon eksxalyasiya tezligini aniqpash uchun turli va maxsus o‘lchash asboblari mavjud [34-36]. Kanada olimlari eski uran shaxtasining chuqurligi bo‘yicha radon miqdorining taqsimlanishini o‘rganib chikdilar. SHaxtadagi tog‘ jinslari yirik donali minerallardan iborat bo‘lib, ulardagi 226Ra aktivligi (Cmax=3000-4750 Bk/kg) ga teng bo‘lgan. Uran shaxtasi chuqurligi bo‘yicha radon aktivligining taqsimlanish grafigi 1.5-rasmda keltirilgan (jinslar g‘ovakligi 50%, namligi 5-10%) [37].
1.5-rasm. Radon aktivligining shaxta chuqurligi bo‘yicha taqsimlanishi.
Ushbu rasmdan ko‘rinadiki, shaxta chuqurligi 0,5 m dan 5,7 m ga o‘zgarganda, undagi RHA (6,7∙-4∙ Bk/) 8 martagacha oshib borgan. Er tagidagi radonni o‘lchash uchun optimal chuqurlik -1 m, sababi bu chuqurliqsa RHA qiymati kam o‘zgaradi. Tuproq chukurligi bir metrdan oshganda o‘lchash ishlari bir oz moddiy va texnik qiyinchilikni vujudga keltiradi. Agar chuqurlik 0,7 m dan kichik bo‘lsa, RHA qiymatiga tashqi ob-havo gradientlari ta’sir qiladi. SHved olimlari tomonidan [38], donador tuproqning RHA si LR-115 iz detektori yordamida uch xil chuqurlikda - 0,3; 0,5 va 0,9 m da o‘lchangan. Tuproq g‘ovaklarini muz qoplagan paytda va 0,9 m chuqurlikda RHA ning maksimal qnymati 40 kBk/ ga teng bo‘lsa, muz erigandan keyin shu chuqurlikda RHA 10 kBk/ ga pasaygan.
Do'stlaringiz bilan baham: |