1.4.2. Tabiiy faktorlarning radon miqdoriga ta’siri
Radon gazining er qatlamidagi harakati diffuziyaga yoki u erdagi SO2, SN4, 4Ne gazlari va suvning harakatiga bog‘liq. Tuprokdagi radon mikdorining o‘zgarishiga bosim va harorat o‘zgarishlaridan tashqari yog‘ayotgan yomg‘ir va eriyotgan qor suvlari ham ta’sir qiladi. Esker tepaliklar va er osti yoriqlaridagi radon miqsorining o‘zgarishiga ichki va tashqi harorat va bosim gradientlari ta’siri kattadir. Tuproq qa’rida hosil bo‘ladigan radon diffuziyasi muhit o‘tkazuvchanligiga, tuproq donalarining o‘lchamiga, zichligiga va namligiga bog‘liq [32]. 222Ra ning turli muhitdagi diffuziya koeffitsientlari (D) 1.9-jadvalda keltirilgan bo‘lib, bu ma’lumotlar UNSCEAR (1982) [33] hisobotidan olingan.
1.9-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |