Aniqlash usullari
Vulqonning radon dinamikasiga ta’siri
Download 1.61 Mb.
|
Абдисамат ВАСИДОВ-lotincha (Lotincha)
1.5.2.1. Vulqonning radon dinamikasiga ta’siri
Seysmik zonalardagi radon variatsiyasini o‘lchashda qattiq jismli iz detektorlaridan (QJID), asosan SR-39 detektoridan foydalaniladi [57]. Buning sababi, bu detektorning oddiyligi, arzonligi, bir paytning o‘zida ko‘p joyga o‘rnatilishi (10-100) va uzoq vaqt (10-40 kun) ekspozitsiya qilish mumkinligidir. YAna bir sezgir va effektiv radon o‘lchash asbobi, bu ssintillyasion yacheykadir, uning ichki yuzasi ZnS pardasi bilan qoplangan bo‘lib, yacheyka ichi namuna gazi yoki suyuqligi bilan to‘ldiriladi. QJID detektorlarining asosiy kamchiligi, o‘lchash jarayonlarini kuzatishning qiyinligi, ekspozitsiya va -izlarni sanashga ko‘p vaqt ketishidir. Asosiy vulqonlar Evropa, Amerika va Osiyo qitьalarida joylashgan. Ularning ko‘pida radon o‘lchash stansiyalari mavjud va 1940 yildan beri nazoratdadir. Evropada hozirgi paytda uchta vulqon o‘chog‘i mavjud bo‘lib, ulardan ikkitasi Italiyaning Sitsiliya orolida: Moint Etna (Mount Etna) va Vulkano (Vulcano)da joylashgan. 1987 yil Moint Etna vulqoni 5 oy davom etgan otilishdan to‘xtagandan keyin, ikkita qudukdagi radon asbobi tuproq tarkibida radon mikdorining keskin oshganligini ko‘rsatgan [57, 58]. Seysmik jarayonlar to‘xtagandan keyin radon miqdorining odshsh sabablarini tushuntirish yoki uni biror tabiiy jarayonga bog‘lash qiyin [59]. Bu fenomenni tushuntirish uchun juda ko‘p tajriba ishlari o‘tkazildi [57-59] va quyidagi xulosaga kelindi: vulqon otilishi jarayonida er osti suvlari haroratining ko‘tarilishi tufayli, suv, ishqor va uglerod ikki oksidi (SO2) bilan to‘yinadi va natijada, vulqon jismlaridan karbonat kislotasining kationlari hosil bo‘ladi. Er osti suvlarining SO2 bilan to‘yinishi, suvlarda radon mikdorining 70% ko‘payishiga olib keladi. Vulqondan keyin 4Ne va Rn gazlarining kamayishiga - suyuqliklarning oquvchanlik dinamikasining o‘zgarishi natijasida, tuproq kapillyarlarining suvni o‘tkazishi pasayib ketganidan deb tushuntiriladi [59, 60]. Sitsiliyaning shimoliy qirg‘og‘ida joylashgan vulqon, yunon-rimliklarning olov xudosi nomiga Vulkano deb atalgan. 1981 yilda Vulkano otilishidan 30 kun avval, 10 m chuqurliqsagi er osti suvlarida, radon konsentratsiyasi fonga nisbatan 10 marta oshganligi qayd qilingan [61]. Vulqonning otilishi kuchayganda, er osti suvlaridagi radon konsentratsiyasi kamayib ketgan. Bu xolisani [60] ish mualliflari radon anomaliyasi deb atashdi. Bu anomaliyani, vulqon aktivligi paytida radon emanatsiyasining vaqt bo‘yicha kechikishidan deb tushuntiriladi. Vulkanodagi tajriba quduqlaridan olingan, tuproq tarkibidagi SO2, Ne va Rn gazlarining miqdori o‘lchanganda tuproq osti g‘ovaklarida SO2 pufaklarining ko‘payishiga Ne va Rn aloqador ekanligi ma’lum bo‘ldi [62, 63]. G‘ovak pufaklar tez yorilishi sababli, radon gazlari ko‘p vaqt ushlanmaydi [64]. Vulqon zonasining 70-100 sm chuqurligidagi SO2, Ne va Rn gazlar miqdorini analiz qilish natijasida Vulkano otilishining chegara qiymati aniqlandi va belgilandi: ya’ni SO2 uchun 10%; Ne uchun g/g va Rn aktivligi 100 kBk/ [62]. Islandiya orolida joylashgan Krafla (Krafla) vulqoni 1975 — 1982 yillar davomida kuzatuvda bo‘lgan. Ulchashlar vulqon otilishidan avval va keyin QJID yordamida vulqonning kalьderi (katta krater) yaqinida olib borilgan [65]. 1977 yil 8 sentyabrda otilish ro‘y bergan va vulqon to‘xtagandan keyin radon aktivligi 360-33000 Bk/ ni tashkil qilgan. Krafla otilishidan avval radon aktivligi 1800-450000 Bk/m3 bo‘lgan, keyingi otilishidan avval (1981 yil 18 noyabrь) radon aktivligi 900-13000 Bk/ ni tashkil qilgan, to‘xtagandan keyin esa tuproq g‘ovaklaridagi RHA aktivligi kamayib borgan [57]. Amerika qit’asining g‘arbiy qirg‘oqlarini bir necha harakatdagi vulqonlar shodasi o‘rab turadi va ularni «Amerikaning olovli kamari» ham deyishadi [57]. Meksikadagi vulqonlar: Parikutin (Paricutin), Elь-CHichon (El Chichon), Popokatepetlь (Rorosatepetl) va Kolima (Solima). Ular ichida Parikutin harakatda bo‘lmagan eng yosh vulqon bo‘lib, u 1943 yili topilgan. Kolima vulqonida keyingi 450 yil ichida 29 marta otilish ro‘y bergan. 1982 yil o‘rtalarida vulqon atrofidagi hamma stansiyalar radon aktivligining oshganligini qayd qilishgan, ammo otilish bilan bog‘liq anomaliya kuzatilmagan [66]. Popokatepetlь vulqoni Mexiko shahridan 60 km janubiy-g‘arbda dengiz sathidan 3400-4000 m balandlikda joylashgan. 1995 yil seysmik faza davrida vulqon atrofidagi radon variatsiyasi joriy vaqtda kuzatib borilgan, ammo uning natijalari e’lon qilinmagan [57]. 1997-1999 yillarda vulqon otilishi davrida, radon LR-115 detektorlari yordamida kalьderadan 7,5 va 4,7 km masofada o‘lchangan [67]. Uch yil davom etgan o‘lchash natijasida ikki marta vulqon seysmikasiga bog‘liq bo‘lgan radon anomaliyasi kuzatilgan (iyunь-iyulь 1998 yil va oktyabrь 1999 yil). Elь-CHichon vulqoni (1982 yil 28 mart va 3-4 aprel)da kuchli otilishlar kuzatilgan. Vulqon to‘xtagandan keyin, shimoliy kraterga qo‘yilgan iz detektorlari, foydali radon aktivligining (Afoy) fonga (Af ) nisbatan 10 marta ko‘payganligini may oyida ikki marta qayd qilishgan. Gavayi orolida (AQSH) joylashgan Kiliava (Kiliauea) vulqoni (1979 yil 16-17 noyabrь)da kuchsiz otilishlar ro‘y bergan. Tuproq yuzasidan 30 sm chuqurlikka qo‘yilgan LR-115 detektorlari vulqon otilishidan avval va keyin radon konsentratsiyasining fonga nisbatan mos ravishda 1,5 va 20,5 marta oshganligini qayd qilgan [68]. 1980 y. fevralь va mart oylarida o‘lchash stansiyalarida radon aktivliklari yana oshgan. Bu fenomenni tadqiqotchilar vulqon magmalaridagi radon gazining er yuzasiga bo‘lgan harakati natijasi deb tushuntirishadi. Kosta-Rikada uchta vulqon: Arenal (Arenal), Poas (Poas) va Irazu (Irazu) joylalggan, Arenal va Poes vuyaqonlari to‘g‘risida ma’lumotlar juda kam. Irazu vulqonining otilishi yomg‘irlar fasliga (oktyabrь-yanvarь) to‘g‘ri kelgan. 1994 yil 8 dekabrda vulqon otilishlari boshlangan. Vulqon otilishdan avval (1994 yil 15 noyabrь), aniq vaqtda olingan o‘lchashlar yuqori radon o‘zgarishini -300 kBk/ qayd qilgan [57]. Osiyo qit’asi maydoni juda katta bo‘lishigaga qaramasdan vulqonlar soni Amerikaga nisbatan kam. Hind okeanining La-Renon (Fransiyaga qarashli) orolida Piton (Riton) vulqoni joylashgan. Uning atrofida 1983 yildan beri 7 ta radon o‘lchash stansiyasi mavjud. O‘lchashlarda asosan, izli detektorlardan foydalaniladi. 1991 yil vuloqon otilishidan avval radon akxivligining o‘zgarishi kuzatilgan va Afoy/Af nisbati 10000 martani tashkil etgan. YAponiyadagi Izu yarim oroli issiq suv buloqlariga boy bo‘lib, ulardanbiri Naka-Izu (Naka-Izu) bulog‘i 700 m chuqurlikdan chiqadi. 1989 yil iyulь oyida Naka-Izu bir paytning o‘zida er silkinishi, vulqon otilishi bilan sodir bo‘lgan. Seysmik silkinishlardan avval radon aktivligi kamaygan, zilzila paytida radon aktivligi keskin oshib ketgan. Zilzila to‘xtagandan so‘ng vulqon otilishi boshlangan, ammo bu vaqtda radon mikdori ham oshgan [69]. Rossiyada zilzila va vulqonlar paytida radon aktivligini o‘rganish bo‘yicha dastlabki tadqiqotlar Kamchatka yarim orolida 1966-1972 yillarda A.M. CHirkov va uning shogirdlari tomonidan olib borilgan [56]. 1969 yil oktyabrda Karimskiy vulqoni otilganda radon aktivligi 7 marta oshganligi kuzatilgan. Otilishlar to‘xtagandan so‘ng vulqon atrofidagi issiq suvlardagi radon konsentratsiyasi bir necha oy mobaynida kamayib borgan. Vulqon otilishlari paytidagi xuddi shunday xarakterli o‘zgarishlar akademik G.N. Flerov va uning safdoshlari tomonidan ham kuzatilgan [70]. 1.10-jadvalda, 1940-2000 yy. (YA, F, M3, A4, M5 YA - yanvarь, I6 -iyunь, A4 - aprelь, A8 - avgust.) davomida ro‘y bergan vulqon otilishlari va ular joylashgan mamlakatlar (I - Evropa, II - Amerika, III - Osiyo) va joylardagi radon aktivliklari (kBk/) tegishli adabiyotlar bilan keltirilgan. 1.10-jadval Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling