Aniqlash usullari
Radon izotoplarining emirilish sxemalari va muhitdagi harakati
Download 1.61 Mb.
|
Абдисамат ВАСИДОВ-lotincha (Lotincha)
1.3. Radon izotoplarining emirilish sxemalari va muhitdagi harakati
1.3.1. Radon izotoplarining emirilish sxemasi Ma’lumki, tabiatda radon uchta radioaktiv izotoplardan iboratdir: 222Rn, 220Rn va 219Rn. Ular tegishlicha radiy izotoplarining 226Ra, 224Ra va 223Ra-nurlanishidan hosil bo‘ladigan radioaktiv mahsuldir. 1.1-rasmdaonaradionuklidlarning – 232Th (1,391010 y), 238U (4,5109 y) va 235U (7,13108 y) va -parchalanishidan paydo bo‘luvchi radionuklidlarning zanjirli sxemalari va ularning yarim emirilish davri (T1/2) mos qisqartmalar1 bilan berilgan[72]. Toriy (1.1-rasm, a) parchalanish zanjiri sxemasida, to‘rtinchi qatordagi 224Ra, -nurlanish natijasida 220Rn ga aylanib, beshinchi qatorga o‘tadi. 1.1-rasm. Toriy-232 va uran-238, 235 radionuklidlarining parchalanish sxemasi Parchalanish zanjirining oxirgi o‘tishi turg‘un qo‘rg‘oshin izotopi –208Pb bilan tugaydi. Xuddi shunday o‘tishlarni 238U va 235U zanjirida ham ko‘rish mumkin, ya’ni besh va oltinchi o‘tishda 226Ra 222Rn va 223Ra 219Rn radon izotoplari hosil bo‘lsa, o‘n beshinchi o‘tishda esa turg‘un qo‘rg‘oshin izotoplari 206Pb va 207Pb hosil bo‘ladi. -parchalanishda radionuklidning atom zaryadi bir birlikka ko‘payib, massasi o‘zgarishsiz qoladi. -parchalanishda esa, radionuklidning atom zaryadi ikki birlikka, massasi esa to‘rt birlikka kamayadi. Radon izotoplarining aktivligi bevosita radiy miqdoriga bog‘liq va odatda 223, 224, 226Ra izotoplari qattiq metall zarralari bo‘lib, ona radionuklidlaridan (235, 238U va 232Th) uzoqqa ketmaydi. Ushbu kitob ilovasida (I1 va I2-jadvallar) 232Th va 238U zanjirlari bo‘ylab hosil bo‘luvchi radionuklidlarning , va -nurlanish energiyalari, yarim emirilish davrlari va ularning chiqish kattaliklari to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan. 222Rn gazi inson hayotiga bevosita zarar etkazmaydi, xavflisi uning hosilalaridir. Radon gazidan farqli o‘laroq, ular metall zarralari sifatida havodagi aerozol va changlarga o‘tirib, insonning o‘pka to‘qimalariga kirib boradi. O‘pkada, 214,218Po-nurlari o‘pka to‘qimalarining funksiyasini ishdan chiqarishi (lokal kuydirish natijasida) mumkin. 222Rn dan hosil bo‘ladigan uchinchi -nurlanuvchi hosilaning (210Po) T1/2 = 22 yil bo‘lganligi uchun, u boshqa radionuklidlar bilan to‘la radioaktiv muvozanatga kirishishga ulgurmaydi, shuning uchun inson salomatligiga katta xavf tug‘dirmaydi. 220Rn va RH1 uy havosidagi radon miqdoriga sezilarli xissa qo‘shmaydi, sababi toron qisqa yashovchi (T1/2 = 55,6 sek) va ko‘chish masofasi qisqa (3-8 sm) gazdir. Tn devor yuzasidan va pol tirqishidan sizib chiqish paytida to‘liq parchalanib ketadi. SHuning uchun ham uning inson salomatligiga ta’siri juda kam. YArim emirilish davri juda qisqa (T1/2=3,9 sek) bo‘lgan 219Rn izotopi tabiatda juda ham kam tarqalgan ( = 0,07%) 235U izotopidanhosil bo‘ladi, shuning uchun ham uni inson salomatligiga xavfsiz deb hisoblanadi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, radon izotoplari ichida inson hayoti va kundalik turmushida 222Rn va uning hosilalarining tutgan o‘rni alohidadir. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling