Mass-spektrometrik analiz usullari


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/15
Sana18.06.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1596186
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
5-mavzu MASS-SPEKTROMETRIK ANALIZ USULLARI



MASS-SPEKTROMETRIK ANALIZ USULLARI 
Mass-spektrometrik analiz usullari o’rganilayotgan modda 
molekula va atomlarini ionlashtirish va hosil bo’lgan ionlarni fazo yoki 
vaqt bo’yicha ajratishga asoslangan. Birinchi mass-spektrlar Angliyada 
J.J.Tomson (1910 yil) va F.U.Aston (1919 yil) tomonidan olingan. Bu 
o’lchashlar natijasida turg’un izotoplar ochildi va shuning uchun, boshda 
mass-spektrometriya elementlarning izotop tarkibini va ularning atom 
massalarini o’lchashga tatbiq qilindi. 
Mass-spektrometriya to hozirgi vaqtgacha atom va yadrolarning 
massalari haqida ma’lumot olish hamda izotoplarning tabiatda qanday 
tarqalganligini baholash uchun ishlatiladigan asosiy usullardan biri 
hisoblanadi. Radioaktiv nur chiqaradigan ona va qiz (U - Pb, K - Ar, Rb - 
Sr juftlari) izotoplari massalarining nisbatiga qarab tog’ jinslarining, 
geologiya va arxeologiya obyektlarining yoshi aniqlanadi. 
Organik moddalarning nimaligini va molekulasining tuzilishini 
aniqlashda mass-spektrometriya usuli keng ishlatiladi. Organik 
moddalarning murakkab aralashmalarini molekulyar analiz qilish uchun 
oldin uni xromatografiya usuli orqali ajratish maqsadga muvofiq bo’ladi. 
Analitik mass-spektrometriya quyidagi fazilatlarga ega; 1. Yuqori 
darajada sezgir; 2. Alohida elementlardan tortib to murakkab oqsil 
molekulalargacha bo’lgan keng oraliqdagi moddalarni analiz qilish 
imkoniyati ya’ni, haryoqlamali; 3. Yuqori darajada o’ziga xosligi va 
selektivligi. 
34.1
-§. 
 Usulning mohiyati 
 
Atom va molekulalarni ionlashtirishning turli xil usullari mavjud. 
Bularga elektron zarb, kimyoviy ionlash, fotonlar orqali ionlash, uchqun 
razryad yordamida ionlash, lazer nuri orqali ionlash, ionlar dastasi orqali 
urish va induktiv bog’langan plazma yordamida ionlash usullari kiradi
Ko’pchilik tadqiqotlarda ayniqsa, organik modda molekulasining 
massasini o’lchashda va tuzilishini o’rganishda elektron zarb hamda 
kimyoviy usullar bilan ionlashtirish eng ko’p ishlatiladi. Molekulyar 
massasi katta bo’lgan organik molekulalarni ionlashtirish uchun elektr 
maydonida purkash (elektrosprey) hamda matrisali lazer desorbsion
ionlashtirish (MALDI) usullari mavjud. 
Ionga aylantirilgan molekula va atomlar ularning massalariga qarab 
mass-spektrometr orqali ajratiladi.
Mass-spektrometrlar 
ionlarni 
massasi 
bo’yicha ajratishda 


qo’llaniladigan usullarga qarab turlarga bo’linadi. Bularning ichida 
magnit va kvadrupol mass-spektrometrlar eng ko’p tarqalgan. Ixtiyoriy 
turdagi mass-spektrometrni gaz xromatografi bilan qo’shib ishlatish 
mumkin. 

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling