Mass-spektrometrik analiz usullari
Qo’shimcha qo’shish usuli
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
5-mavzu MASS-SPEKTROMETRIK ANALIZ USULLARI
Qo’shimcha qo’shish usuli. Analitik kimyoning klassik usullarini
ishlatib miqdoriy xromatomass-spektrometrik analiz o’tkazish mumkin. Qo’shimcha qo’shish usulini amalga oshirish uchun namunaga ma’lum miqdorda qo’shimcha qo’shish kerak. Ichki standart usuli bilan bo’lgani kabi bu amalni namuna tayyorlashning ixtiyoriy bosqichida amalga oshirish mumkin. Lekin, bu moddalarni namuna olingandan so’ng birdan qo’shish afzal hisoblanadi, chunki namunani saqlash va tayyorlash vaqtlarida moddani yo’qolgan qismini analiz natijalariga ko’ra hisoblash mumkin bo’ladi. Namunani ikki qismga bo’lish va ularning biriga analiz qilinayotgan moddalarni aniq miqdorda qo’shish usulning oddiy varianti bo’ladi. Aniqlanayotgan moddaning namunada kutilayotgan miqdoriga qaraganda 2–5 marta (massa bo’yicha) ko’p qo’shiladi. Ko’pincha real namunada analiz qilinayotgan moddalarning miqdorini oldindan baholash qiyin bo’lganligi uchun, ikkinchi variantda namunaning qolgan qismiga ichki standart qo’shib analiz qilinadi. Keyin axtarilayotgan komponentlarning konsentrasiyalarini qo’pol baholab qolgan ikkinchi qismiga zarur moddalar zarur miqdorlarda (namunaning birinchi qismida aniqlanganiga ko’ra 2–5 marta ko’p) qo’shiladi. Namunadagi komponentlarning darajasini signalning qiymati bo’yicha taqriban baholab ichki standartni ishlatmaslik ham mumkin. Qo’shimchani birinchi qismdan tayyorlangan namunaga bevosita qo’shib takroriy analiz o’tkazish mumkin. Biroq bu holda namuna tayyorlash natijasida yo’qotilgan moddani baholash mumkin emas. Moddaning ikkinchi qismini ham analiz qilgandan keyin ikkita natijalar to’plamiga ega bo’lamiz. Axtarilayotgan moddaning namunadagi konsentrasiyasini X deb belgilaymiz. Ushbu komponentga tegishli signalning yuzasi S bo’lsin. Bu holda namunaning ikkinchi yarmi uchun axtarilayotgan komponentning miqdori X+A va unga tegishli signalning yuzasi S 1 bo’ladi. Proporsiyani yechib 5.5 tenglamani olamiz. S S SA X 1 (5.4) Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling