Mass-spektrometrik analiz usullari


Ionlarni fokuslovchi, “Optika”


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/15
Sana18.06.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1596186
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
5-mavzu MASS-SPEKTROMETRIK ANALIZ USULLARI

Ionlarni fokuslovchi, “Optika”. Plazmada hosil qilinadigan 
ionlarning hammasi musbat zaryadlangani uchun, ionlar dastasi 
yoyilishga moyil bo’ladi. Interfeysdan keyin joylashgan linzalar 
sistemasi, interfeysdan chiqayotgan ionlar dastasini kvadrupol 
analizatorning kirish tirqishiga fokuslashni ta’minlaydi. Bunga ionlar 
dastasiga fokuslovchi linzadek ta’sir etadigan musbat zaryadlangan 
metall silindr ichidan ionlarni o’tkazish orqali erishiladi. Linzaga har bir 
fokuslanadigan ionning massasi uchun optimal bo’lgan kuchlanish 
beriladi. Fokuslovchi va ionlarni qayd qiluvchi sistemalarni fotonlardan, 
neytral va bug’lanmagan zarrachalardan himoya qilish uchun ekran, 
metall plastinka xizmat qiladi. 
Ion optik sistemaning asosiy vazifasi – ionlarni massa bo’yicha 
filtrlashdan o’tishi va detektirlash uchun zarur bo’lgan ionlar oqimini 
maksimal darajada unumli to’g’rilashni o’z ichiga oluvchi fokuslash, 
optimallash va kinetik energiyasini kamayishiga yo’l qo’ymaslikdan 
iborat.
Ionlarni massasi bo’yicha ajratish va detektirlash. Fokuslangan 
va kinetik energiya bo’yicha optimallashtirilgan ionlar oqimi massa 
bo’yicha filtrlash uchun kvadrupolga tushadi. Kvadrupol mass-filtrning 


chiqish joyiga ionlarni qayd qiluvchi detektor o’rnatilgan. IBP lik 
zamonaviy mass-spektrometrlarda detektor sifatida ikkilamchi elektron 
ko’paytirgich (IEK) ishlatiladi.
Keng ishlatiladigan dinodli diskret elektron ko’paytirgichning 
prinsipial sxemasi 5.6-rasmda keltirilgan. Diskret ko’paytirgich ma’lum 
tarkibli modda bilan qoplangan plastinka ko’rinishdagi dinodlar 
to’plamidan iborat. Ion zarrasi dinod qoplangan materialga tushganda 
undan bitta yoki bir nechta elektronni urib chiqaradi. Bu elektronlar 
dinodlarga qo’yilgan potensial ta’sirida navbatdagi dinodga qarab 
tezlanish bilan harakat qiladi va navbatdagi dinodning sirtidan yana 
elektron urib chiqaradi. Shunday qilib, dinoddan dinodga o’tgan sari 
elektronlarning soni ko’chki kabi ko’payib boradi. Detektorning orqa 
qismida elektronlar kollektor tomonidan yutiladi va buning natijasida 
hisoblaydigan elektronika ishtirokida signal hosil bo’ladi.
34.6-rasm. Dinodli diskret elektron ko’paytirgichning sxemasi va ishlash prinsipi. 
Tabiiyki dinodlarning qoplamasi ma’lum zapasga ega, shuning 
uchun, vaqt birligi ichida detektor tomonidan hosil qilingan signalning 
o’rtacha intensivligi qancha yuqori bo’lsa, uni ishlatish vaqti shuncha 
qisqa bo’ladi. Analitning yuqori konsentrasiyalari detektorda intensiv 
aks-sado hosil qilib qurilmaning xarakteristikalarini inqirozini 
tezlashtiradi. Shu bilan birga IBP lik mass-spektrometrda analitlarning 
ham kichik, ham nisbatan yuqori konsentrasiyalarini aniqlashga to’g’ri 
keladi.
Detektorning normal ishlash imkoniyatini uzaytirish nuqtai 
nazaridan yondashilganda, shunday qilish kerakki, analitning ham quyi, 
ham yuqori konsentrasiyalari detektorda, uni tez inqirozga olib 
kelmaydigan va hisoblash qurilmasining sezgirligi chegarasidan kam 
bo’lmagan qandaydir optimal signal hosil qilsin. Bir vaqtda ham impuls, 


ham analog rejimlarda ishlashga imkon beruvchi zamonaviy 
detektorlarda bunday yondashish amalga oshirilgan. Detektorning impuls 
maromi intensivligi yuqori bo’lmagan (taqriban 2MImp/c gacha) ionlar 
oqimini qayd qilish uchun xizmat qiladi. Detektor impuls maromida 
ishlaganda, signalni kuchaytirish jarayonida uning hamma dinodlari 
qatnashadi. Analog maromida esa elektronlar ko’chkisining ko’payishi 
ma’lum darajaga etgandan keyin kesiladi yoki cheklanadi. Bu, elektron 
ko’paytirgichga signalning oraliq kollektori va qulflaydigan elektrod 
o’rnatish bilan amalga oshiriladi. Shunday qilib, signalni kuchaytirish 
jarayonida detektor dinodlarining bir qismigina qatnashadi. Tabiiyki 
analitning bitta konsentrasiyasiga elektron ko’paytirgichning impuls va 
analog rejimlari intensivliklari har xil bo’lgan signallar berishadi. Ikkala 
rejimda 
ishlagan 
detektor 
signallarini 
konsentrasiyalarga 
muvofiqlashtirish uchun detektor signallari ustida kross-darajalash 
(tikish) amali o’tkaziladi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling