Mass-spektrometrik analiz usullari
Moddaning mass-spektri asosida sifat analizi
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
5-mavzu MASS-SPEKTROMETRIK ANALIZ USULLARI
Moddaning mass-spektri asosida sifat analizi. Aralashmalarning sifat analizini xromatomass-spektrometrda o’tkazish ma’qul, chunki birinchidan, aralashmaning mass-spektrida chiziqlar soni ko’p bo’ladi uni yetarli darajada aniqlik bilan talqin qilish qiyin, ikkinchidan, mass-spektr kutubxonalarida to’plangan ma’lumotlar faqat toza moddalarga tegishli. Tabiiyki aralashmaning spektrini toza moddaning spektri bilan taqqoslab bo’lmaydi. Mass-spektr orqali moddani sifat analiz qilish uning molekulyar formulasini topishdan iborat. 34.10-rasm. Etilbenzolning elektron zarb usuli bilan ionlashtirib olingan mass- spektri. Organik birikmaning mass-spektri grafik ko’rinishda qanday taqdim etilishi 5.10-rasmda etlbenzolning mass-spektri misolida ko’rsatilgan. Etilbenzolning molekulyar massasi 106 dalton. Bu spektr bug’ holatdagi etilbenzolni elektron zarb usuli bilan ionlashtirib olingan. Molekula elektronlar bilan bombardimon qilinganda bitta elektron yo’qotib quyidagi reaksiya natijasida bitta elektron yo’qotib M + molekulyar ionga aylangan. Bitta elektron yo’qotib musbat ionga aylangan - molekulyar ion deyiladi. Agar ishoraning oldida nuqta bo’lsa u ion-radikal va uning massasi molekulaning massasiga teng bo’ladi. Yetarli darajada katta energiyaga ega bo’lgan elektron bilan to’qnashib elektron yo’qotgan molekula qo’zg’algan holatda bo’ladi. Molekulyar ionning asosiy holatga qaytishi ko’pincha ionning kichik massalar hosil qilib parchalanishi bilan bo’ladi. Masalan, etilbenzol bilan bo’lgan holda parchalanishning asosiy maxsuloti CH 3 guruhni yo’qotish natijasida hosil bo’lgan ion bo’ladi. Massa soni kam bo’lgan musbat zaryadlangan boshqa bo’laklar oz miqdorda hosil bo’ladi. Ionlashtirish natijasida hosil bo’lgan musbat ionlar mass- spektrometrda massasining zaryadiga nisbati bo’yicha ajratiladi va yuqoridagiga o’xshash grafik ko’rinishda aks ettiriladi. Intensivligi eng katta bo’lgan signalga asosiy signal deyiladi va uning intensivligi shartli ravishda 100% deb olinadi. Boshqa signallarning intensivliklari unga nisbatan o’lchanadi. Etilbenzolning mass-spektrida m/z ti 91 Da signal asosiy bo’lib u C 7 H 7 + ionga tegishli. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling