Mass-spektrometrik analiz usullari


Induktiv bog’langan plazma


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/15
Sana18.06.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1596186
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
5-mavzu MASS-SPEKTROMETRIK ANALIZ USULLARI

34.5. Induktiv bog’langan plazma 
Induktiv bog’langan plazma (IBP) atom-emission spektrometriyada 
nurlanish manbai sifatida 2. qismda bayon qilingan edi. Plazma 
makroskopik jihatdan neytral ionlangan gazdan iborat. Plazmada musbat 
zaryadlangan zarrachalar (ionlar) bilan manfiy zaryadlangan (elektronlar) 
zarrachalarning soni teng va shuning uchun ham makroskopik nuqtai 
nazardan neytral bo’ladi. Agar X gaz ishlatilayotgan bo’lsa, plazma 
quyidagi muvozanat orqali ifodalanishi mumkin: 








q
n
q
n
n
e
n
X
X
1
1
(5.1) 
Bu yerda 


n
X
n zaryadlik ion, e – elektron. Plazma noorganik mass-


spektrometriya uchun juda mos, chunki u ionlashtirishning unumli 
manbai hisoblanadi. Plazma quvvatining turg’unligi plazma xossasining 
dreyfidan saqlanish uchun kritik kattalik hisoblanadi. Plazmani yuklash, 
ya’ni turli turdagi eritmalarni (suvlik yoki organik) kiritish chog’ida 
plazma impedansining xohlagan o’zgarishlarini bartaraf qilish uchun 
(normal holatdan og’ishlarni yo’qotish) generator yetarli darajada 
egiluvchan (moslashuvchan) bo’lishi kerak.
Namunani kichik hajmda ushlab turishi va ionlashtirish unumining 
yuqori bo’lishi hisobiga argon gazlik induktiv bog’langan plazma mass-
spektrometriya uchun juda mos keladi.
Plazma hosil qiluvchi gaz sifatida argon xizmat qiladi. Boshqa nodir 
gazlar kabi argon ham ionlashtirish potensiali (15,76 eV) yuqori bo’lgan 
bir atomli oddiy modda hisoblanadi, u kimyoviy inert. 
Yuqori chastotalik maydonning tabiatiga ko’ra generatorning 
energiyasi asosan plazmaning tashqi qismiga beriladi. Buning natijasida 
plazmaning o’qi bo’ylab yopishqoqligi past bo’lgan zona hosil bo’ladi. 
Bu o’z navbatida namunani kiritishni va ushlab turishni osonlashtiradigan 
markaziy kanalni hosil bo’lishiga olib keladi. Induktiv bog’langan 
plazmaning bu noyob xossasi, fazilati boshqa plazmalardan asosiy farqi 
hisoblanadi. Aynan shu xossasi IBP ni boshqa ion manbalaridan 
ustunligini ta’minlaydi. 
Haqiqatan ham ionlar zonasi plazmaning o’qi bo’ylab ushlab 
turiladi va bu hodisa o’z navbatida ionlarning unumli ekstraksiyasini 
osonlashtiradi. Shuningdek, IBP atomlashning unumdor manbai 
hisoblanadi va shuning uchun ham u noorganik mass-spektrometriyada 
tezda hamma tomonidan qabul qilingan usulga aylandi. Mass-
spektrometriyada ishlatiladigan IBP alangasining konfigurasiyasi (shakli, 
tuzilishi) va purkagichlarning turlari atom-emission spektrometriyada 
ishlatilganlarga o’xshash bo’ladi.
Odatda IBP ajratib ko’rsatish kuchi past bo’lgan kvadrupol mass-
spektrometr bilan birgalikda ishlatiladi. Lekin, IBP bilan ajratish 
qobiliyati yuqori bo’lgan bitta yoki multidetektor bilan ta’minlangan 
sektorli mass-spektrometr ham ishlatiladi. IBP lik mass-spektrometrning 
IBP si atmosfera bosimi va yuqori temperatura sharoitida ishlaydi, mass-
spektrometrning ishlashi uchun esa yuqori vakuum va xona temperaturasi 
talab etiladi. Shuning uchun, bosim va temperaturani pasaytirish uchun 
interfeys zarur. Hozirgi vaqtda interfeys asosan Cu va Ni dan 
tayyorlanadigan ikkita konusdan iborat. Ikkita konus orasidagi masofa 10 
mmdan kam. Tovush tezligidan katta tezlikka ega bo’lgan oqimning 


ustunligi shundan iboratki, plazmaning kengayishi hisobiga ion 
zarrachalarining temperaturasi jiddiy kamayadi. 
Konusning orqasida ion dastaning yoyilib ketishi sababli ion 
optikani ishlatish zarur. Ion optikaning roli quyidagilardan iborat: a) 
ionlarni unumli filtrlash va kvadrupol filtr orqali o’tishi uchun zarur 
bo’lgan kollinear dasta olish uchun ionlarni qayta qurish va b) plazma 
chiqarayotgan va detektorga yetib kelgan taqdirda, shovqin hosil qilishi 
mumkin bo’lgan fotonlarni yutish orqali shovqinni bostirishdan iborat. 
Turbomolekulyar nasoslar yordamida ion optika va kvadrupol 
filtrda yuqori vakuum hosil qilinadi. Hozirgi vaqtda turbomolekulyar 
nasoslar, yog’li diffuzion va kriogen nasoslarni bunday sistemalardan 
siqib chiqardi. Hozirgi vaqtda ekstraksiyaning unumi va ionlarning 
o’tishi, eritmadagi 1 mkg/ml aniqlanuvchi element uchun 1 sekundda 10
7
marta hisob olishni ta’minlaydi. Shuni ta’kidlash kerakki, ionlarning 
massasini o’lchash uchun sektorlik mass-spektrometr ishlatilganda mass-
spektrometrning kirish tirqishi oldida ionlarning energiyasini bir necha 
keV gacha ko’paytirish orqali ularning tezligini oshirish kerak. Bu ish 
tezlanish berishni va to’g’ri chiziqli yo’ldan chetlanishni tuzatishni o’z 
ichiga olgan ancha murakkab ion optika yordamida bajariladi. Chetlanish 
faqat bitta doimiy kuchlanishlik kvadrupol sistema orqali tuzatiladi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling