Mass-spektrometrik analiz usullari
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
5-mavzu MASS-SPEKTROMETRIK ANALIZ USULLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchqun mass-spektrometriya.
34.3 -§. Moddaning element tarkibini analiz qilish Qattiq jismlarning element tarkibini aniqlash mass- spektrometriyaning katta bo’limini tashkil qiladi. Bunday moddalarni ionlashdan oldin atom holatiga o’tkazish zarur. Buning uchun yetarli darajada katta energiya sarflashga to’g’ri keladi va bu maqsadlar uchun ishlatiladigan manbalar bir vaqtda qattiq moddalarni ham atomlashtiradi ham ionga aylantiradi. Eng ko’p tarqalgan ionlashtirish manbalari sifatida induktiv bog’langan plazma, elektron yoy razryadi, lazer nuri va tezlatilgan ionlar oqimini ko’rsatish mumkin. Bularga, mos ravishda qattiq jismlarni analiz qiluvchi to’rt xil mass-spektrometriya to’g’ri keladi; induktiv bog’langan plazmalik mass-spektrometriya, uchqun, lazer, ion-ion yoki ikkilamchi ionlarning mass-spektroskopiyasi. Uchqun mass-spektrometriya. Bir-biriga yaqin joylashgan (millimetrni ulushlaricha) ikkita elektrod o’rtasida yoy razryadi hosil qilinadi. Elektrodlardan biri (katod, uning boshqacha nomi zond) qiyin eriydigan metaldan (odatda tantaldan) ingichka igna ko’rinishida tayyorlangan. Anod sifatida analiz qilinayotgan namunaning o’zi ishlatiladi, buning uchun u, elektr tokini o’tkazuvchi o’tkazgich bo’lishi kerak. Elektrodlarga yuqori kuchlanishga (o’nlab elektronvolt) ega bo’lgan tok, impuls rejimida berilishi kerak. Elektrodlar orasida qisqa uchqun razryadi hosil bo’ladi. Bunday holda, namunaning bir qismi buziladi, mayda zarrachalarga aylanadi va elektrodlar oralig’ida bug’lanib atomga va qisman ionga aylanadi. Razryad tugagandan so’ng hosil bo’lgan ionlardan ion dastasi hosil qilinib u, mass-analizatorga qarab tezlashtiriladi. Ionlash manbaida to’qnashish natijasida zarrachalarga berilgan energiya juda katta va har xil bo’lganligi uchun hosil bo’lgan ionlar har xil kinetik energiyaga ega bo’ladi. Shuning uchun, ionlar olgan tezlik nafaqat ionlarning massasiga va zaryadiga balki ularning boshlang’ich energiyasiga ham bog’liq bo’ladi. Shu munosabat bilan, ionlar energiyasini har xil qiymatlarga ega bo’lishi hisobiga bo’ladigan salbiy ta’sirni kamaytirish uchun, ikki marta fokuslaydigan mass-spektrometrlar ishlatiladi. Bunday mass-spektrometrlarda ionlar dastasi maxsus konfigurasiyaga ega bo’lgan magnit va elektr maydonlari sistemasi orqali o’tkaziladi. Uchqun mass-spektrometriyaning afzalligiga uning yuqori darajada selektivligi va sezgirligi kiradi (absolyut aniqlash chegarasi 10 -12 g.). Bundan tashqari u, bir vaqtda 60–70 elementni analiz qilish imkonini beradigan ko’p elementli usul. Namunani albatta elektr o’tkazuvchi bo’lishi kerakligi usulning imkonini biroz chegaralaydi. Lekin, bu kamchilikni tok o’tkazmaydigan namunaning yuzasiga yuqori darajada toza bo’lgan metalni purkash orqali yupqa qatlam hosil qilib bartaraf qilish mumkin. Suyuqliklar ham oldin muzlatiladi keyin xuddi yuqoridagiday elektr toki o’tkazuvchi materialning yupqa qatlami bilan qoplanib analiz qilinadi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling