Mass-spektrometrik analiz usullari
Lazer mass-spektrometriya
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
5-mavzu MASS-SPEKTROMETRIK ANALIZ USULLARI
Lazer mass-spektrometriya usulida lazer nuri xuddi uchqun kabi
bir vaqtda moddani atomlash va ionlashni ta’minlaydi. Ikkita asosiy usul ionlashtirish uchun lazerlarni ishlatishga asoslangan: lazer-indusirlangan plazmalik mass-spektrometriya va rezonans-ionizasion mass-spektrometriya. Atom spektroskopiyada lazer- indusirlangan plazma, nurlanish manbai sifatida 1960 yillarning boshidan boshlab ishlatiladi. Lekin, plazma ionlar manbai bo’lganligi uchun, lazer- indusirlangan plazmani mass-spektrometriyada ham ishlatsa bo’ladi. Lazer nuri nishonning yuzasiga fokuslanganda uning materiali fotonlarni yutadi. Bu o’z navbatida lazer nurining fotonlarini yutgan elektronlar va og’ir zarrachalarning otilib chiqishiga olib keladi. Natijada mikroplazma hosil bo’ladi. Uning tarkibi lazerning to’lqin uzunligiga, nurlanish quvvatining zichligiga va ishchi bosimga bog’liq bo’ladi. Shu bilan bir vaqtda qisman lazer nurining va qisman mikroplazma hisobiga materialning ablyasiyasi ro’y beradi. Materialning lazer bilan o’zaro ta’siri lazer nuri dog’ining (o’rnining) o’lchamiga bog’liq bo’ladi. Bu esa o’z navbatida ishlatilgan lazerning turiga, to’lqin uzunligiga va fokuslovchi sistemaga bog’liq bo’ladi. Spektrning ultrabinafsha sohasida ishlaydigan lazer ishlatilganda, lazer nuri ko’ndalang kesimining o’lchamini, ya’ni dog’ining o’lchamini birnecha mikrometrga keltirish mumkin. Bu maqsad uchun bir necha turdagi lazerlarni ishlatish mumkin: CO 2 -lazer (10,6 mkm), Nd:YAG-lazer (1064 nm, 532 nm, 355 nm va 266 nm) va XeCl (308 nm) va ArF (193 nm) kabi eksimer lazerlar. Hozirgi vaqtda bunday sistemalar (LAMMA) cheklangan miqdorda ishlab chiqarilayapti. LAMMA sistemasi Nd:YAG-lazer va yetib kelish vaqti bo’yicha o’lchaydigan mass-spektrometr bilan jihozlangan. Impuls rejimida ishlaydigan ushbu lazer impulslarining davomiyligi juda qisqa (15 ns) bo’lganligi sababli, ionlarni qayd qilish uchun yetib kelish vaqti bo’yicha o’lchaydigan mass- spektrometrni qo’llash imkoni paydo bo’ladi. Lazer nuri mikroskop yordamida nishonga fokuslanadi va bu namunaning yuzasi bo’yicha 1 mkm ga teng ajratishga olib keladi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling