Aniqlik tо‘g‘risida tushuncha. Ishlov berish aniqligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar


Download 64.49 Kb.
bet1/8
Sana06.04.2023
Hajmi64.49 Kb.
#1329880
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mexannik ishlov berish uchun qushimlar (pripusklarini) aniqlash usullari


MAVZU: Mexannik ishlov berish uchun qushimlar (pripusklarini) aniqlash usullari
Reja:
Kirish


  1. Aniqlik tо‘g‘risida tushuncha. Ishlov berish aniqligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar.

  2. Ishlab chiqarish xatoliklari. Sistemali va tasodifiy xatoliklar.

  3. Turli xil ishlov berish usullarining aniqligi.


Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar



Kirish


Mashina va mexanizmlarni loyihalashada kinematik, mustahkamlik, bikrlik, yemirilishga chidamlik hisoblari bilan bir qatorda aniqlik hisoblari ham bajariladi.
Aniqlik - bu har qanday mashina va asbobning asosiy kо‘rsatkichlaridan biri. Absolyut aniq Detalning tayyorlash mumkin emas, chunki uni tayyorlash jarayonida turli xatoliklar tug‘iladi. Shuning uchun ham mexanik ishlov berishda turli aniqliklarga erishiladi. Mexanik ishlov berish natijasida hosil bо‘lgan.
a) Detalningng yoki uning alohida konstruktiv elementlarining tо‘g‘ri geometrik shakldan og‘ishi;
b) Detalningnng haqiqiy о‘lchamlarini uning nominal о‘lchamlaridan og‘ishi;
v) Detalningng yuzalarini, о‘qlarini о‘zaro aniq joylashishdan og‘ishi (masalan: о‘zaro paralellikdan og‘ish, о‘zaro perpendikulyarlikdan og‘ish va shu kabilar).
Mexanik ishlov berishning tannarxi va mehnat sarfi talab etilayotgan detal aniqligiga bog‘liq bо‘ladi. Detalningng aniqligi qancha yuqori bо‘lsa uning tannarxi ham shuncha yuqori bо‘ladi.
Detallarning xizmat vazifasiga qarab 19 ta aniqlik kvaliteti belgilangan bо‘lib IT 01 dan IT 17 gacha. Aniqlik kvalitetining tartib raqami ortishi bilan uning qо‘yim maydoni ortib boradi. IT 01,0,1 tekis paralel yakuniy о‘lchov vositalari uchun kvalitet aniqligi, IT 2,3,4 chegaraviy kalibrlar va alohida aniqlikka ega bо‘lgan mahsulotlar uchun kvalitet aniqligi, IT 5 dan IT 12 gacha yig‘ish jarayonida boshqa detal yuzasi bilan tutashuvchi detallar о‘lchamlari uchun va nihoyat IT 13 dan IT 17 gacha esa past aniqlikdagi о‘lchamlar uchun.
Yalpi va kо‘p seriyali ishlab chiqarish sharoitida detallarning aniqligi asosan dastgohlarni kerakli о‘lchamga sozlash natijasida erishiladi. Kichik seriyali va donali ishlab chiqarish sharoitida esa qо‘shimcha yakunlovchi amallar qо‘llash hamda yuqori malakali ishchi kuchidan foydalanish hisobiga ta’minlanadi.
Ishlab chiqarish sharoitida Detalningng aniqligi qator omillarga bog‘liq bо‘lganligi uchun ularning olib bо‘lishi mumkin bо‘lgan aniqlik bо‘yicha emas, balki iqtisodiy aniqlik bо‘yicha tayyorlanadi.

Download 64.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling