Anizotrop muhitda yorug‘likning tarqalishi
Qutblanish tekisligining aylanishi
Download 123.53 Kb.
|
ANIZOTROP MUHITDA YORUG‘LIKNING TARQALISHI
2. Qutblanish tekisligining aylanishiKristall jismlarda, shuningdek, ba’zi izotrop suyuqliklarda nurning ikkilanib sinishidan tashqari, qutblanish tekisligining aylanishi deb nom olgan yana bir hodisa kuzatiladi. Bu hodisa birinchi bo‘lib, fransuz fiziklari Arogo va Frenellar (1816 yil) tomonidan kashf qilindi va o‘rganildi. Qutblanish tekisligining aylanish hodisasi quyidagicha: agar 12.2-rasmda tasvirlangan qurilmada polyarizator va analizator shunday o‘rnatilsaki, ularning tebranish tekisliklari ayqashtirib (ayqash nikollar) qo‘yilsa, u holda R plastinka bo‘lganda S manbadan chiqqan yorug‘lik analizator orqali o‘tmaydi. Agar P plastinka o‘rniga kristall kvarsdan uning optikaviy o‘qiga perpendikulyar qilib qirqib olingan xuddi shunday yassi-paralell plastinka qo‘yilsa analizatorning ko‘rish maydoni yorishadi. Sungra analizator biror burchakga burilsa, u holda analizatorning ko‘rish maydoni yana qorong‘i bo‘lib qoladi. Bundan polyarizator orqali o‘tgan yorug‘likning qutblanish tekisligi kvars plastinkada biror burchakga buriladi, degan xulosa chiarish mumkin. Bu burilish kattaligi analizator orqali o‘tgan nurni so‘nish uchun analizator burilgan qo‘shimcha burchak bilan aniqlanadi. kvarsda ikki xil strukturaviy modifikatsiya mavjud bo‘lib, ulardan biri yorug‘likning qutblanish tekisligini (nur bo‘ylab tushuvchi yorug‘likka qarshi qaralganda) o‘nga (soat strelkasi bo‘ylab) aylantiradi, ikkinchisi esa chapga aylantiradi (soat strelkasiga qarshi). Qutblanish tekisligining aylanishi buruvchi qatlam qalinligiga to‘g‘ri proporsional ekanligini tajriba ko‘rsatadi. = ∙ d, - qutblanish tekisligining burilish burchagi: d – yorug‘lik nuri o‘tgan modda qatlamining qalinligi (plastinka qalinligi): - burilish burchagi, bu qattiq jismlar uchun qalinligi 1 mm bo‘lgan plastinkaning burilish burchagiga teng. Kvars uchun bu kattalik: = 5890 (natriyning sariq chizig‘i) uchun 21,7 ; = 4047 uchun 48,9, = 2147 uchun esa 236 va h.k.. Bu kattaliklar aylantirish qobiliyatiga ega bo‘lgan dispersiya o‘rinli ekanligini ko‘rsatadi. Qattiq moddalar bilan bir qator toza suyuqliklar va ko‘pgina moddalarning eritmalari yorug‘likning qutblanish tekisligini aylantirish qobiliyatiga ega bo‘ladi. O‘ziga tushayotgan yorug‘likning qutblanish tekisligini aylantirish qobiliyatiga ega bo‘lgan moddalar optikaviy jihatdan aktiv moddalar, qutblanish tekisligini aylantirish qobiliyati esa optikaviy aktivlik deb ataladi. 12.3-rasm. Eritmalarning aylantirish qobiliyati eritma qatlami qalinligiga va uning konsentratsiyasiga to‘g‘ri proporsional (Bio qonuni) = [] ∙ d∙ c, (5.8) bunda [] – aylantirish doimiysi: d – qatlam qalinligi: s – eritma konsentratsiyasi. (5.8) formuladan agar ning qiymati ma’lum bo‘lsa, u holda berilgan d qatlam qalinligida qutblanish tekisligining burilish burchagini o‘lchab, eritmadagi modda konsentratsiyasini aniqlash mumkin. Qand eritmasining aylantirish qobiliyati juda katta, shuning uchun bu hodisadan eritmalarda qandning konsentratsiyasini aniqlashda foydalanish mumkin. Bu maqsadda saxarometr deb nom olgan maxsus polyarizatsion qurilmalardan foydalaniladi. Download 123.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling