Anizotrop muhitda yorug‘likning tarqalishi


Qutblanish tekisligining magnit maydoni ta’sirida aylanishi


Download 123.53 Kb.
bet3/4
Sana09.05.2023
Hajmi123.53 Kb.
#1449409
1   2   3   4
Bog'liq
ANIZOTROP MUHITDA YORUG‘LIKNING TARQALISHI

3. Qutblanish tekisligining magnit maydoni ta’sirida aylanishi


Tabiiy sharoitda qutblanish tekisligini aylantira olmagan moddalar tashqi magnit maydoni ta’sirida qutblanish tekisligini aylantira oladigan bo‘lib qoladi. Qutblanish tekisligining magnit maydoni ta’sirida aylanish hodisasi 1846 yil Faradey tomonidan ochilgan. Bu kashfiyot Faradeyning yorug‘lik va magnit hodisalari orasidagi bog‘lanishni topishga bag‘ishlangan davomli tajribalari samarasida kelib chiqqan. Faradey magnit maydonining yorug‘likka bevosita ta’sir etishini topdim deb o‘ylagan, shuning uchun u: «Men yorug‘lik nurini magnitlay va elektrlay oldim va magnit kuch chiziqlarini yorita oldim» deb yozgan. Aslida esa Faradey tomonidan ochilgan hodisa boshqa xarakterga egadir: magnit maydoni shu maydondagi moddaga ta’sir qiladi, faqat moddaning o‘zigina yorug‘likning tarqalish xarakterini o‘zgartiradi.
Qutblanish tekisligining magnit maydoni ta’sirida aylanishi yorug‘likning shaffof moddalarda magnit kuchlanish chiziqlari bo‘ylab tarqalishida hosil bo‘ladi. Shuning uchun qutblanishning magnit ta’sirida aylanishi elektromagnit uchlarini parmalab teshilgan ingichka kanal bo‘ylab kuzatish eng qulay bo‘ladi. Tajriba chizmasi 12.3-rasmda ko‘rsatilgan S – yorug‘lik manbai, A va B – elektromagnit uchlari, N1 va N2 – nikollar S – ichida qutblanish tekisligi aylanishi yuz beradigan jism. Magnit maydoni hali paydo bo‘lmaganda, ya’ni elektromagnit toki ulanmaganda, N1 va N2 – nikollar ayqash turganda bu murakkab sistema orqali yorug‘lik o‘tmaydi. Elektromagnit zanjiri ulanib tok qo‘yilganda qutblar orasida magnit maydoni hosil bo‘ladi, shaffof S jism orqali o‘tishda yorug‘likning qutblanish tekisligi buriladi va N2 nikol orqali yorug‘lik o‘tadi.
Qutblanish tekisligining  burilish burchagi yorug‘likning magnit maydonidagi modda ichidagi l uzunligiga va hamda H magnit maydon kuchlanishiga proporsional:
 = k∙ l∙ H,
k koeffitsiyent berilgan jismning magnit maydonida qutblanish tekisligini aylantira olish darajasini ko‘rsatadi. K koeffitsiyentning son qiymatlari, umuman aytganda, unchalik katta emas. Shaffof qattiq jismlar ham, suyuqlik va gazlar ham magnit maydonida qutblanish tekisligini aylantira oladi. Agar  burchak minutlar bilan, H – erstedlar bilan l sm lar bilan o‘lchangan bo‘lsa, shishaning ba’zi bir xillari uchun (og‘ir flint) k ning qiymati 0,1 ga yetadi.

12.4-rasm. Qutblanish tekisligining magnit maydoni ta’sirida aylanishini kuzatish metodi.

Qutblanish tekisligini burish yo‘nalishiga qarab jismlar 2 turga bo‘linadi. Qutblanish tekisligini magnit maydoni yo‘nalishi bo‘yicha kuzatuvchiga nisbatan o‘ng tomonga buruvchi moddalar o‘naqay aylantiruvchi, ya’ni musbat moddalar deb ataladi. Boshqacha aytganda, agar magnit maydoni kuchlanganligining yo‘nalishi parma nayzasining musbat harakatiga mos kelsa, unga parma bandining aylanish yo‘nalishi musbat aylantiruvchi moddaning qutblanish tekisligini burish yo‘nalishini ko‘rsatadi. Musbat moddalar uchun k koeffitsiyent musbat hisoblanadi. Aksincha, unga qarama qarshi yo‘nalishiga aylantiruvchi moddalar chapaqay aylantiruvchi yoki manfiy modda deb ataladi. Manfiy moddalar tarkibida ham faqat paramagnit atomlar bo‘ladi. Paramagnit moddalarning o‘zlari esa hamma vaqt ham manfiy bo‘lavermaydi. Berilgan moddaning aylantirish yo‘nalishi faqat magnit maydon yo‘nalishi vositasidagina belgilanadi va u, yorug‘likning tarqalishi yo‘nalishiga aslo bog‘liq emas.



Download 123.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling