Anizotropiya


Shisha va metallsimo iplar


Download 29.96 Kb.
bet4/5
Sana05.01.2022
Hajmi29.96 Kb.
#228762
1   2   3   4   5
Bog'liq
Anizotropiya

Shisha va metallsimo iplar. Shisha iplarini olish uchun silikat shisha sharchalari elektr pechlarda 1370°C haroratda suyuqlantiriladi. Tez aylanib turadigan baraban fileradan chiqayotgan suyuq shisha oqimlarini ilashtirib ketadi va choʻzadi. Shisha havoda soviganda ingichka iplar hosil bo'ladi. Shisha iplari egiluvchan, yorug'likni yaxshi o'tkazadi, yorug'lik va alanga ta'siriga yaxshi chidaydi, elektr, issiqlik, tovushni izolatsiyalash xossalari yuqori. Kimyoviy chidamliligi katta. Namligi esa past – 0,2 foiz.

Shisha iplari bo'yash uchun suyuq shisha massasiga xrom, kobalt, marganes, temir, oltin va boshqa birikmalar qo'shiladi. Shisha iplarining rangi har xil ta'sirlarga yaxshi chidaydi.


Shisha iplari texik va bezak gazlamalar olish uchun ishlatiladi.
Metall iplar mis yoki mis qotishmalaridan qilingan simlarni asta-sekin cho'zish yoki yassi aluminiy tasmani qirqish yo'li bilan olinadi. Ip sirtida yaltiroqlik hosil qilish uchun unga yupqa oltin yoki kumush qatlami surkaladi. Ba'zi metall iplar rangli pigmentlar va yupqa sintetik himoya plyonkasi bilan qoplanadi.
Metall iplar daraja nishonlari, zarhal buyumlar, yaltiroq gazlama va gazlamalarni bezash uchun ishlatiladi.
Kimyoviy tolalari olish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat.
Tolalarni olish uchun xomashyoni tayyorlash. Sun'iy tolalarni ishlab chiqarishda xomashyo sifatida paxta yoki daraxtlardan ajratilgan selluloza hamda ba'zi bir oqsil moddalar ishlatiladi.
Sitetik tolalarni olish uchun quyi molekulali moddalarni sintezlab olingan polimerlardan ishlab chiqariladi.
Yigiruv eritmasini tayyorlash. Polimerlar doim qattiq jism boʻlganliklari tufayli ulardan tola olish uchun suyuqlik, eritma yoki yumshatilgan holatga keltiriladi. Sun'iy tolalar odatdagicha eritmalardan, sintetik tolalar esa eritmalardan yoki yumshatilgan polimerlardan ishlab chiqariladi.
Tolalari shakllantirish (vigirish). Jarayonning bu bosqichida yigiruv eritmasi bosim kuchi yordamida filera degan maxsus qalpoqchalarning mayda teshikchalaridan o'tkaziladi. Olinayotgan kimyoviy iplarning turi, yo'g'onligi va ko'ndalang kesimining koʻrinishi fileralar teshiklarining soniga, diametriga va shakliga bogʻliq. Filerada bitta teshik bo'lsa yakka, 10-100 tagacha teshik bo'lsa, u holda kompleks iplar olinadi. Shtapel tolalarni ishlab chiqarish uchun teshiklar soni 40 ming va undan ko'p fileralar qo'llaniladi. Ko'ndalang kesimlari har xil ko'rinishda yoki ichi bo'sh boʻlgan tolalarni olish uchun fileralarning teshiklari dumaloq emas, balki turli shaklda boʻladi.
Tolalari shakllantirish ikki usulda oʻtkaziladi. Agar filera teshiklaridan chiqishi bilan eritma oqimlari sovuq havo ta'sirida qotib iplarga aylansa, bu usul quruq shakllantirish deb ataladi. Agar eritma oqimlarini qotirib iplarga aylantirish maxsus cho'ktirish vannalarda oʻtkazilsa, bu usul ho'l shakllantirish deb ataladi.
Tolalari pardozlash va to'qimachilik ishlov berish. Olingan tolalarni pardozlash uchun ular yuviladi, eshiladi, oqartiriladi yoki bo‘yaladi, ya'i ularga to'qimachilikda qayta ishlash uchun talab qilinayotgan xususiyatlar beriladi.

Metall iplarni asta-sekin qizil misdan yasalgan simni yoki misning nikel va boshqa metallar bilan qotishmasini chizish (chizish) bilan ishlab chiqarish mumkin. Ba'zan metall iplar oltin yoki kumushning eng yupqa qatlami bilan qoplanadi.



Quyidagi turdagi metall iplarni ajratib oling: sim - kumush yoki oltin qatlam bilan qoplangan qalinligi 50-80 mikron bo'lgan yumaloq shakldagi ingichka metall ip; yassilangan - lenta shaklida ingichka metall ip.


Download 29.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling