Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish


Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan


Download 7.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/309
Sana17.11.2023
Hajmi7.34 Mb.
#1783301
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   309
Bog'liq
Tabiiy resurslarni boshqarish instituti Respublika konferensiyasi

Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan 
foydalanish samaradorligini oshirish
 
 
200 
bo‘lib qoladi va tuproqda sayoz joylashadi, demak 0-60 sm li qatlamda uni asosiy 
ildiz tizimining 75,8-78,0% gacha qismi joylashadi [4-5].
Shunday adabiy manbalar ham mavjudki, interkalyar qo‘yilmadan 
foydalanilganda payvandtag ildiz tizimining o‘sishi unga payvand qilingan navga 
nisbatan ham kuchli darajada susayadi. Bu hodisa ildizlarning langarlanishini 
(chuqur kirishi) yomonlashishiga olib kelgan, biroq shunday bo‘lsada, u sun’iy 
tirgovuchga muhtoj bo‘lib qoladigan darajada bo‘lmagan. 
Pakana payvandtagning oraliq qo‘yilmasi bo‘lgan daraxtlarning tuproqqa 
mustahkam o‘rnashishi qator tadqiqotchilarning ishlarida ta’kidlab o‘tilgan. Shunga 
qaramay, oraliq qo‘yilmali daraxtlarning (ayniqsa oraliq qo‘yilmasi uzun bo‘lgan) 
yonboshlab qolishi to‘g‘risida ham adabiy ma’lumotlarni uchratish mumkin [6].
Tadqiqotlarni amalga oshirish uchun olxo‘rining AKU 2-31 navidan oraliq 
(interkalyar) qo‘yilma sifatida foydalanildi. Bunda asosiy payvandtag sifatida har 
xil o‘sish kuchiga ega Qora olu, OPA 15-2 va OD 2-3 payvandtaglari qo‘llanildi, 
ularga yuqorida keltirilgan kuchsiz o‘suvchi payvandtaglarning 10 dan 30 sm gacha 
bo‘lgan turli uzunlikdagi interkalyar, ya’ni oraliq qo‘yilmalari payvand qilindi. 
Olxo‘ri payvandtaglarida esa AKU 2-31 payvandtagi oraliq qo‘yilmasining 
payvandtag turlari bo‘yicha tutuvchanligi 96,1-97,7% bo‘lgan bo‘lsa, ularda nav 
kurtaklarining tutuvchanligi mos holda 94,4-95,9% oralig‘ida bo‘ldi. 
O‘sish kuchi har xil bo‘lgan payvandtaglardan foydalanish va ularga kuchsiz 
o‘suvchi payvandtaglarning oraliq qo‘yilmasini payvand qilish olcha va olxo‘ri 
ko‘chatlari еr ustki qismining rivojlanishiga sezilarli ravishda ta’sir ko‘rsatdi. 
Olxo‘rining Ispolinskaya navi turli payvandtaglarda AKU 2-31 
payvandtagining oraliq qo‘yilmasi bilan еtishtirilganda komponentlar tutuvchanligi 
va ko‘chatlar еr ustki qismining rivojlanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha aynan olchadagi 
kabi holat qayd etildi. Kuchsiz o‘suvchi OD 2-3 payvandtagiga AKU 2-31 
payvandtagini oraliq qo‘yilma sifatida payvand qilib, so‘ngra unga kurtak payvand 
qilish yo‘li bilan еtishtirilgan olxo‘ri ko‘chatlarining bo‘yi 108,1 sm oralig‘ida 
bo‘ldi, ya’ni urug‘idan o‘stirilgan Qora olu payvandtagida еtishtirilgan ko‘chatlarga 
nisbatan 21% ga pasaydi. Bunda har bir o‘simlikda shakllangan barglarning o‘rtacha 
miqdori 137 donani tashkil etdi. 
Olxo‘rida oraliq qo‘yilma sifatida AKU 2-31 payvandtagi qalamchalaridan 10 
dan 30 sm gacha uzunlikda foydalanish, ularni o‘sish kuchi har xil payvandtaglarga 
payvand qilish shuni ko‘rsatdiki, qo‘yilmaning uzunligi kuchli va kuchsiz o‘suvchi 
payvandtaglarga payvand qilinganda ushbu belgining dominantligini belgilaydi. 
Binobarin, agar kuchsiz o‘suvchi AKU 2-31 payvandtagining 10 sm uzunlikdagi 
oraliq qo‘yilmasi urug‘idan o‘stirilgan va vegetativ yo‘l bilan ko‘payadigan Qora 
olu va OPA 15-2 payvandtaglariga payvand qilinganda olxo‘rini Ispolinskaya navi 
ko‘chatlarining bo‘yi mos holda 75,3 va 72,1 sm bo‘lgan bo‘lsa, u holda yanada 
uzunroq – 20 sm qo‘yilma qo‘llanilganda ko‘chatlarning bo‘yi 69,5 va 69,7 sm 
hamda 30 sm qo‘yilma qo‘llanilganda – 65,4 va 66,0 sm dan oshmadi, ya’ni ularning 
bo‘yi nazorat variantiga (oraliq qo‘yilmaning uzunligi 10 sm) nisbatan mos holda 
5,6 va 2,6 sm hamda 9,3 va 6,3 sm ga qisqardi. 



Download 7.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling