Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish
Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan
Download 7.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Tabiiy resurslarni boshqarish instituti Respublika konferensiyasi
Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan
foydalanish samaradorligini oshirish 271 hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir” 2 , deb belgilangan. Bugungi kunda qishloq xo‘jaligi sektori oldidagi asosiy muammo atrof- muhitga ta’sirni kamaytirish va kelajak avlodlar uchun tabiiy resurslarni saqlab qolish bilan birga dunyoning o‘sib borayotgan aholisini qishloq xo’jalik mahsulotalariga bo’lgan talabini qondirish. Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligining salbiy oqibatlari, jumladan, tuproq, suv va havoning ifloslanishi ayrim o‘simlik turlarining yo‘q bo‘lib ketishini yanada kuchaytiradi, aholi o‘rtasida kasalliklarning ko‘payishiga, atrof-muhit ifloslanishiga olib keladi. Qishloq xoʻjaligi еrlaridan oqilona foydalanish tabiat va jamiyat rivojlanishining obyektiv qonuniyatlariga muvofiq qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining samarali olib borilishini taʼminlashga qaratilgan еr munosabatlari subyektlari tomonidan amalga oshiriladigan maqsadli harakatlar majmuini ifodalaydi. Bu kontseptsiya shu еrlardan, birinchidan, iqtisodiy jihatdan samarali, ikkinchidan, ekologik jihatdan sog'lom bo'lishi uchun shunday foydalanishni ham o'z ichiga oladi. Shu bilan birga, ekologik jihatdan oqilona foydalanish nafaqat еr unumdorligini saqlash va oshirishni, balki butun atrof-muhitning umumiy holatini yaxshilashni ham o'z ichiga oladi. Binobarin, еrdan oqilona foydalanish «yerni muhofaza qilish» tushunchasini o'z ichiga oladi. Ammo еrdan foydalanish samaradorligini oshirish uchun faqat ijobiy ta'sir choralari еtarli emas. Sug‘orish va o‘g‘itlashning samarali usullaridan, serhosil o‘simlik navlaridan, ularni еtishtirishning eng yangi texnologiyalaridan va hokazolardan foydalanish zarur. Qishloq xo‘jaligi еrlari oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda hal qiluvchi omil bo‘lganligi sababli qishloq xo‘jaligi еrlarining davlat boshqaruvini va undan foydalanish ustidan nazoratni olib borish hisoblanadi. Bu borada mamlakatimizda qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.01.2022 - yildagi “Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan еrlarda monitoring ishlarini amalga oshirish, еrlarni muhofaza qilish va еr tuzish faoliyatini tartibga soluvchi normative-huquqiy hujjatlarnu tasdiqlash to’g’risida” qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi PF-5853-son Farmoniga ko’ra “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi”ning qabul qilinishi aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qulay agrobiznes muhitini yaratish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhit muhofazasini 2 O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 01.05.2023-yil |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling