Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish
Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan
Download 7.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Tabiiy resurslarni boshqarish instituti Respublika konferensiyasi
Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan
foydalanish samaradorligini oshirish 282 Demak, vilt zamburug‘ini ko‘payishiga surunkasi g‘o‘za ekilishi ham sababchi bo‘ladi,ekinlarni almashtirib turish ijobiy natijalar berar ekan. Tajribada 3- yil chigit ekilganda ba’zi bo‘laklarda kasallanish ko‘payganini qayd etdik. Masalan, 3,4,5,6 va 7 chi variantlarda tuproqdagi infeksiyalar soni bir oz bo‘lsada ortdi, ammo nazoratdagidan ancha kam bo‘ldi. Oraliq ekinlarni hammasi ham kasalliklar miqdorini 2-3 marta kamaytirdi. Yuqoridagi ma’lumotlaridan shunday xulosaga keldikki, vilt zamburug‘ini tuproqdagi soni ekinlar almashinib turilganda ancha kamayib har bir gramm tuprokda ularni 2-3 marta rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi muhit vujudga keldi. Biz Farg‘ona-3 navini ham gullash fazasida vilt bilan kasallangan tupini laboratoriya sharoitida analiz qilganimizda bargdagi suv miqdorini kamayishini kuzatdik. Kasallangan g‘o‘za bargida suv miqdori sezilarli kamaydi, bu esa o‘z navbatida o‘sha bargdagi moddalar almashinuvi jaryonini susaytiradi va ohirida bargni so‘lib qolishiga uni nobud bo‘lishiga olib keladi. Suv miqdori bargni turli joyida uni qay darajada og‘riganiga bog‘liq ekan. Masalan, kasallik alomati sezilgan bargni sog‘ joyidagi suv miqdori 76,0 foiz bo‘lsa (sog‘ bargga teng) o‘z tusini yo‘qota boshlagan och-yashil joyida 8,0-5,2 foiz kamaygan, to‘qima o‘lgan joyida esa 37,3 foiz suv qolgan, umuman so‘lib qolgan bargni tekshirganimizda suv miqdori 52,4 foizga bordi. Demak,kasallangan g‘o‘za bargi asta-sekin taranglik xususiyatini yo‘qotadi, bu o‘z navbatida karbon suvlaridan saxaroza guruxini shu bargda kamayib ketishiga olib keladi. Shunday qilib, kasallangan o‘simlik bargida (vertitsillium zamburig‘i ta’sirida) suv miqdorini kamayishi sodir bo‘ladi,oqibatda esa karbonsuvlar miqdori kamayishi sodir bo‘ladi , o‘simlik xolsizlanib qoladi. Ma’lum bo‘lishicha tajriba variantlarida avgust oyida Toshkent-6 navi nazoratda 80-85 foiz kasallangan, oraliq ekinlar ekilganda esa 40-45 foizni tashkil etdi. Demak, kasallanishga oraliq ekinlar ikki marta kamaytirishga sababchi bo‘lar ekan, bu esa o‘z navbatida paxta hosilini 30 sentner atrofida bo‘lsa oraliq ekinlarni ekilgan variantlarda 35-40 sentnerni tashkil etdi. Shularni hisobga olib ,oraliq ekinlar tuproqni vilt zamburug‘idan tozalashda muhim agrotexnik tadbirlardan biri sifatida jadal texnologiyani asosiy elementlaridanbiri deb hisoblanishi lozim. Hozirgi kunda g‘alla masalasini hal qilishda donli ekinlarni maydonlarini bedazorlar hisobiga ko‘paytirish lozim,bu esa 3-4 yil beda bilan band bo‘lgan maydondan,agar jo‘xori, bug‘doy,arpa, tritikale va boshqa ozuqabop ekinlar ekilsa katta miqdordagi don olish imkonini berish bilan birgalikda tuproqni vilt va boshqa kasalliklardan ham tozalanishiga olib keladi. Download 7.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling