Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish


Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan


Download 7.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/309
Sana17.11.2023
Hajmi7.34 Mb.
#1783301
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   309
Bog'liq
Tabiiy resurslarni boshqarish instituti Respublika konferensiyasi

Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan 
foydalanish samaradorligini oshirish
 
 
70 
Bug‘doy, beda va yantoq poyalarining fizik-mexanik xossalarini aniqlash 
bo‘yicha tajribalar GOST 20915-2011. “Selskoxozyaystvennaya texnika. Metodi 
opredeleniya usloviy ispitaniy” va “Physical properties of plant and animal 
materials” me’yoriy xujjatlarida keltirilgan uslublar asosida olib borildi [77; ... 82; 
91–100-b].
Ushbu uslubiy qo‘llanmalar asosida ishlab chiqilgan tadqiqotlar dasturiga 
presslangan bug‘doy somoni, beda pichani va yantoq poyalarining uzunligi
qalinligi, massasi va ularni tashkil etuvchilarining o‘zaro nisbati, zichligi, 
ishqalanish burchagi va koeffisiyenti hamda uzishga va qirqishga qarshilik kuchini 
aniqlash kiritildi. 
Presslangan somon, beda va yantoqning o‘lcham-massa ko‘rsatkichlari va 
fizik-mexanik xossalarini aniqlashda o‘lchov asboblari sifatida ruletka, chizg‘ich, 
shtangensirkul, elektron tarozi, qiya tekislik qurilmasi, egilish va sinishga bo‘lgan 
qarshilik kuchlarini DIGITAL FORCE GAUGE AMF-500 dinamometrida hamda 
uzilish kuchini aniqlash uchun UEIM-20-300 qurilmasidan foydalanildi (1-rasm). 
1-rasm. O‘lchov asboblari. 
1-UEIM-20-300 kurilmasi; 2-tarozi; 3-ruletka; 4-shtangensirkul; 5-chizgich; 
6-DIGITAL FORCE GAUGE AMF-500 dinamometri. 
Tajribalarda olingan natijalarga matematik statistika usullari bilan ishlov 
berilib, ularning statistik tavsiflari: o‘rtacha qiymati Mo‘rt, o‘rtacha kvadratik 
chetlashishi

, variasiya koeffisiyenti V va boshqalar aniqlandi [83; 816-b, 84; 
180-b.]. 
Presslangan dag‘al ozuqalarning o‘lcham-massa va tarkibiy ko‘rsatkichlari
Dag‘al ozuqalarni maydalash qurilmalarini ishlab chiqishda ishlov beriladigan 
materialning holati, ya’ni maydalashga mo‘ljallangan presslangan dag‘al 
ozuqalarning o‘lcham-massa ko‘rsatkichlari va morfologik tarkibini bilish eng 
muhim omillardan biri hisoblanadi. 



Download 7.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling