Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish


Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan


Download 7.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/309
Sana17.11.2023
Hajmi7.34 Mb.
#1783301
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   309
Bog'liq
Tabiiy resurslarni boshqarish instituti Respublika konferensiyasi

Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan 
foydalanish samaradorligini oshirish
 
 
90 
Qarshi magistral kanali tarkibiga kiruvchi Tolimarjon suv omboridan suv 
chiqarish joyida kichik GES qurish bo‘yicha dastlabki texnik-iqtisodiy hisob-
kitoblar amalga oshirildi. Hisoblash usuli sifatida O‘zbekiston Respublikasi ShNK 
1.03.01-16 me’yor va qoidalarining asosiy qoidalari "Korxonalar, binolar va 
inshootlarning kapital qurilishi uchun loyiha-smeta hujjatlarining tarkibi, ishlab 
chiqish, muvofiqlashtirish va tasdiqlash tartibi ” qabul qilindi. 
Qarshi magistral kanali Qarshi cho‘lidagi 364 ming gektar еrni suv bilan 
ta’minlovchi eng yirik irrigatsiya inshootidir. Kanalning umumiy uzunligi 176 km. 
Suv Amudaryodan olinadi va еttita nasos stansiyasi kaskadi yordamida 157 m 
balandlikka ko‘tariladi. 
Qarshi magistral kanali ikki qismga bo‘linadi: bosh qismi mashina kanali va 
ishchi qismi o‘zi oqar kanaldir. Bu qismlarning tutashgan joyida 1,5 mlrd.m
3
hajmli 
quyilma Tolimarjon suv ombori joylashgan. KMK ning bosh qismi 175 m
3
/s normal 
suv sarfini o‘tkazishga, ishchi qismi esa 360 m
3
/sni o‘tkazishga mo‘ljallangan. 
KMKning bosh qismi va dastlabki oltita nasos stansiyasi Turkmaniston 
hududida joylashgan. Nasos stansiyalari 1973 yilda ishga tushirilgan. Yettinchi 
to‘g‘on oldi nasos stansiyasi O‘zbekiston hududida joylashgan. U 1980 yilda 
foydalanishga topshirilgan.
Tolimarjon suv ombori inshootlari tarkibiga 7-nasos stansiyasi, 1- va 2-sonli 
tuproq to‘g‘onlari, suv chiqarish joyi, aylanma kanal, zovur nasos stansiyasi kiradi. 
7-sonli to‘g‘on oldi nasos stansiyasi faqatgina suv omborini to‘ldirish uchun kerak 
bo‘ladigan suv xajmini uzatishga mo‘ljallangan qolgan sarf esa 6-sonli nasos 
stansiyasidan aylanma kanal bo‘ylab to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishchi kanalga kelib tushadi. 
Aylanma kanalning normal quvvati 175 m
3
/s, 7-sonli nasos stansiyasi suv sarfi esa 
142 m
3
/s. 7-sonli nasos stansiyasining 2008 yildan 2017 yilgacha 10 yil 
ekspluatatsiyasi davomidagi elektr energiya iste’moli yiliga 89,2 mln. kVt∙s ni 
tashkil qiladi. 

Download 7.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling