Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish


Download 7.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/309
Sana17.11.2023
Hajmi7.34 Mb.
#1783301
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   309
Bog'liq
Tabiiy resurslarni boshqarish instituti Respublika konferensiyasi

Kalit so‘zlar: gidroelektrostansiya, suv ombor, nasos stansiya, kanal, bosim, 
to‘g‘on, generator, quvvat, suv sarfi. 


Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan 
foydalanish samaradorligini oshirish
 
 
89 
Kichik gidroenergetika markaziy elektr tarmoqlaridan uzoqda joylashgan va 
kichik quvvat iste’mol qiladigan iste’molchilar uchun samarali manba hisoblanadi. 
Kichik gidroenergetikani iste’molchiga yaqinligi, qurilishning qisqa muddati, 
energiya ta’minotining yuqori ishonchliligi, iste’molchiga kichik masofalarga 
uzatishda kam energiya yo‘qolishlari, o‘rnatilgan 1 kVt quvvatning maqbul 
xarajatlari va 1 kVt soat elektroenergiyasining tannarxi, atrof-muhitga bo‘ladigan 
ekologik ta’sirning minimalligi, iqtisodiy jihatdan samarali qiladi. Meliorativ 
ob’ektlarning gidroenergetik uskunalari, masalan, meliorativ maqsadlar uchun 
mo‘ljallangan bosimli suv quvurlari, kanallar va suv omborlari, nasos stansiyalari 
yirik kaskadlarining quvur tarmoqlari va magistral kanallaridan foydalanganda 
kichik GESlarda 1 kVt elektroenergiyaning
narxi kichik bo‘ladi.
Kichik GES va GAESlarining asosiy gidroenergetik uskunalari uchun еtkazib 
berish muddati, elektroenergiyani ishlab chiqarish narxi, o‘rnatish va ishga tushirish 
xamda texnik xizmat ko‘rsatishning qulayligi bo‘yicha eng qulay еchimlarni 
aniqlash va tanlash doim muhim ahamiyat kasb etadi. 
An’anaviy GES uskunalari - gidroturbinalar, sinxron generatorlar va ularni 
boshqarish tizimlari barcha turdagi va hatto kichik ehtimolli yoki kam ish soatli 
rejimlarda maksimal samaradorlikni ta’minlash uchun moslashtirilgan. Bu 
agregatlarning murakkablashishi va qimmatlashishiga, o‘rnatish, sozlash va 
ekspluatatsiya qilishdagi qiyinchiliklarga va xatto ishonchliligini pasayishiga olib 
keladi. 
Sinxron va asinxron generatorlar bilan kichik GESlarni jixozlashda sinxron 
generatorlar avtomatik qo‘zg‘alish regulyatorlarining ish sharoitlari sinxron 
generatorlarning yagona ishlashiga nisbatan qo‘zg‘alish regulyatorini sozlash 
parametrlarining barqarorlik va tekislik mintaqalariga bog‘liq ravishda sezilarli 
darajada yaxshilanadi. Sinxron va asinxron generatorlar bu o‘z-o‘zini boshqaruvchi 
tizimdir, ya’ni hosil bo‘lgan tebranishlar tez bostiriladi. Asinxron generatorlari 
mavjud bo‘lgan elektr stansiyalarida o‘zgaruvchi jarayonlar sifati dinamik 
jarayonlarda sinxron generatorlarga nisbatan yaxshiroqdir.
Dastlabki 
tahlillar 
shuni 
ko‘rsatdiki, 
nasoslar 
va 
asinxron 
elektrdvigatellaridan 
iborat 
kichik 
GESlar 
gidroturbinalar 
va 
sinxron 
generatorlardan iborat bo‘lganlarga qaraganda sodda va arzondir. Ularni 
ekspluatatsiya qilish, avtomatizatsiyasi va himoyasi oson, elektr jihozlarining 
ishonchliligi yuqori. Ekspluatatsion xodimlar kam talab qilinadi, ta’mirlash uchun 
to‘xtashlar kamroq, natijada GES agregatlarining FIK biroz pasayishini 
kompensatsiyalaydi. 



Download 7.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling