Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish


-rasm: Moshning unib chiqilgandan hosil davrigacha bo‘lgan jarayon


Download 7.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/309
Sana17.11.2023
Hajmi7.34 Mb.
#1783301
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   309
Bog'liq
Tabiiy resurslarni boshqarish instituti Respublika konferensiyasi

1-rasm: Moshning unib chiqilgandan hosil davrigacha bo‘lgan jarayon. 
Tajriba maydonchalarida kuzgi bug‘doy va takroriy mosh parvarishlanganda 
tuproqning suv o‘tkazuvchanlik xususiyatlarini aniqlash uchun amal davri boshida 
har bir ekinni uchta nuqtasida kuzatuv ishlari olib borildi, kuzatuv ishlari 25X25 sm 


Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan 
foydalanish samaradorligini oshirish
 
 
110 
temir ramka yordamida 6 soat davomida olib borildi. Har bir sarflangan suv sarfi 
menzurka yordamida o‘lchab turildi. Takroriy mosh ekilgan maydonchada esa 
o‘rtacha ikkita nuqtada 6 soatda 1169,8 mm ga to‘g‘ri keldi. 
Tajriba dalasi tuprog‘i tarkibidagi chirindi, yalpi azot, fosfor va kaliy 
miqdorlarini aniqlash maqsadida maydonning 5 joyidan konvert usulida haydov 0-
30 sm va haydov osti 30-50 sm qatlamlardan tuproq namunalari olinib 
labaratoriyada kimyoviy tahlil qilindi. 
Olingan natijalarga ko‘ra, takroriy mosh ekilgan maydonda tuproq 
tarkibidagi chirindi miqdori o‘suv davri boshida xaydov qatlamida (0-30) 1,96, 
yalpi azot 0,220; fosfor 0,206 hamda kaliy 162 % ni tashkil etgan bo‘lsa, amal 
oxiriga kelib chirindi miqdorini 0,02 % ga, fosforni 0,003 % ga ortganligi, kaliy 
miqdori esa 3 % ga kamayganligi kuzatildi.
Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, chirindi miqdori haydov qatlamida 
ko‘proq bo‘lib, chuqurlashgan sari kamayib borgan, qolgan elementlar bo‘yicha 
ham xuddi shunday bog‘liqliklar kuzatildi. 
Xulosa: Respublikamizning sug‘oriladigan еrlarida takroriy moshning 
«Marjon» navini don hosili hamda sifati va yuqori iqtisodiy samaradorlikga erishish 
uchun, uni takroriy ekin sifatida еtishtirishda iyun oyining ikkinchi yarmida 
gektariga 18 kg/ga urug‘ sarflab ekish hamda gektariga N-60, R-80, K-60 kg/ga 
me’yorda va sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-70-65 foizda 
sug‘orish tavsiya etiladi.
Demak, namlikning oshirilishi mosh hosildorligini oshishiga olib 
keladi.O‘simliklarda birinchi 3 talik barg paydo bo‘lishi bilan qator oralarini 6-8 sm 
chuqurlikda, ikkinchi marta to‘la gulga kirayotganda 10-12 sm chuqurlikda 
kultivatsiya qilinishi zarur. Bu tuproqlarni g‘ovakligini oshirib o‘simlikning yaxshi 
o‘sishini ta’minlaydi, tuproqdagi mikroorganizmlarni yaxshiroq ishlashiga sharoit 
yaratilib tuganak bakteriyalarning faoliyati ertaroq boshlanadi va dala begona 
o‘tlardan tozlanadi ,tuproqda nam saqlanadi. Begona o‘tlarni qoldirmaslik uchun 
dalani ketmon chopig‘i yoki o‘toq qilinadi.

Download 7.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling