Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish


Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan


Download 7.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/309
Sana17.11.2023
Hajmi7.34 Mb.
#1783301
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   309
Bog'liq
Tabiiy resurslarni boshqarish instituti Respublika konferensiyasi

Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan 
foydalanish samaradorligini oshirish
 
 
114 
Elektromagnit sarf o‘lchagichlar elektr o‘tkazuvchan suyuqlik oqimida 
induksiyalangan EDSni o‘lchashga asoslangan bo‘lib, bunda suyuqlik harakat 
paytida magnit maydonni kesib o‘tadi. Elektromagnit induksiya qonuniga ko‘ra, 
suyuqlikda paydo bo‘ladigan tok harakat yo‘nalishiga ham, magnit maydonning 
yo‘nalishiga ham perpendikulyardir. Induksiyalanadigan EDS magnit maydonning 
o‘tkazgichlarini kesib o‘tish tezligiga, ya’ni suyuqlikning xarakat tezligiga 
proporsionaldir. Induksiyalanadigan EDSni o‘lchash orqali ochiq o‘zanlarda ham, 
quvurlarda ham tezlikni o‘lchash mumkin. 
Biroq, tavsiflangan sarf o‘lchagichlar 100-300 mm dan oshmaydigan quvur 
diametrlari bilan ishlash qobiliyatiga egadir. O‘zbekiston nasos stansiyalarida 
bunday quvurlar deyarli yo‘q. 
Ultratovushli sarf o‘lchagichlarning ishlash prinsipi harakatlanuvchi 
muhitning tovush tebranishini siljish xodisasiga asoslanadi. Tebranishlar oqim 
tezligi yo‘nalishi bo‘yicha tarqalsa, tezlik yoki oqim sarfi qanchalik katta bo‘lsa, ular 
belgilangan nuqtaga shunchalik tez еtib boradi. Ultratovushli sarf o‘lchagichlarda 
bir nechta o‘lchash usullari mavjud: 
- oqim bo‘ylab yoki unga qarama-qarshi yo‘naltirilgan ikkita ultratovush 
tebranishlarining fazaviy siljishlaridagi farqni o‘lchash usuli; 
- bir vaqtning o‘zida oqim bo‘ylab yoki unga qarama-qarshi yo‘naltirilgan 
qisqa impulslar yoki ultratovushli tebranishlar paketlarining takrorlanish 
chastotalaridagi farqni o‘lchash usuli; 
- oqim bo‘ylab yoki unga qarama-qarshi bir vaqtning o‘zida yo‘naltirilgan 
qisqa impulslarning o‘tishidagi farqni o‘lchash usuli. 
Oqim tezligini o‘lchash uchun birlamchi o‘zgartirgichning konstruksiyasi - 
quvur tarmog‘ining ichki devoridan 0,242 ga teng bo‘lgan o‘rtacha tezlik nuqtasiga 
o‘rnatilgan bosim quvurcha ishlab chiqildi. Birlamchi o‘zgartirgichning 
konstruksiyasi quvur tarmog‘ining diametriga, mahalliy oqim tezligi qiymatiga
o‘lchov diapazoniga, ortiqcha bosimga va o‘lchanaetgan muhitning xususiyatlariga 
bog‘liq ravishda tanlangan (1-rasm). 

Download 7.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling