Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan
foydalanish samaradorligini oshirish
6
2.
Suv isrofgarchiligi kamayadi.
3.
Daladagi suvni nazorat qilish uchun qulaylik yaratiladi.
4.
Qirqimlarni ketma – ket sug‘orish texnologik jarayonning tez va sifatli
bajarilishini ta’minlaydi.
5.
Dala bostirilib sug‘orilganligi uchun tuproqning sho‘ri yuvilishi orqali
g‘o‘za nihollarining yaxshi rivojlanishi hisobidan hosildorlik yuqori
bo‘lishiga erishilinadi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda g‘o‘za qatorlari orasida agrotexnik
talablarga mos ko‘ndalang pollarni hosil qilish suvchilar mehnatini engillashtirib,
g‘o‘za nihollarini bir tekis sug‘orilishi va rivojlanishini hamda eng asosiysi suv
sarfini sezilarli darajada iqtisod qilinishi va dala yuzasiga sho‘rni ko‘tarilmasligini
hamda bu orqali g‘o‘za nihollari tez rivojlanib, paxta hosildorligi oshishini
ta’minlaydi. Shuningdek, qator oralaridagi ko‘ndalang pollarni g‘o‘za nihollarini
shikastlantirmasdan, kultivatorning agregatining agrotexnik talabalarga mos ishlov
berishni ta’minlaydigan holatgacha buzish va bu texnologik jarayonlarni har bir
sug‘orish jarayonidan va keyin qator orlariga ishlov berishdan oldin bajarilishini
hisobga olsak, uni mexanizatsiyalashtirishga erishish bugungi kunda juda dolzarb
sanaladi.
Tadqiqot natijalari va ularning muhokamasi. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki,
bugungi kunda qishloq xo‘jaligida g‘o‘za qatorlari orasida ko‘ndalang pollarni hosil
qilish va ularni buzish jarayonlarini to‘lig‘icha qo‘l mehnatida olib borilmoqda va
uni mexanizatsiyalashtirish mehnat sarfini kamaytirish hisobiga yuqori iqtisodiy
samara beradi.
Bo‘ylama va ko‘ndalang pollarning sifatli bo‘lishi ko‘p jihatdan g‘o‘za qator
oralarini vegetatsiya davrida agrotexnik talablar asosida mexanik ishlov
berilganligiga bog‘liq.
Olib borilgan adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, еrga texnika vositalari
orqali ishlov berishda tuproqning namligi 16-18% bo‘lganda uning texnikaga
ko‘rsatadigan solishtirma qarshiligi eng kam bo‘ladi. Bu esa ish organining tuproq
bilan ishqalanishining kamayishi orqali energiya sarfi kam bo‘lishligiga olib keladi.
2-rasmda tuproq solishtirma qarshiligini uning namligiga bog‘liq ravishda o‘zgarish
grafigi keltirilgan [6. 47-48-b, 7. 15-17-b].
Do'stlaringiz bilan baham: |