MEXANIZATSIYALASHGAN USULDA SHAKLLANTIRISHDA
ISHLATILADIGAN QURILMA
Axmetov Adilbek Agabekovich
− “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini
mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Miliy tadkikot universiteti
t.f.d., professor
Ostonov Shuxrat Saidovich
− “TIQXMMI“ MTU Buxoro tabiiy resurslarni
boshqarish instituti doktorant
Sho‘rlangan еrlarda paxta еtishtirish uchun tuproqqa yuzaki ishlov berish va
ekish jarayonlaridan ancha oldin sho‘rni yuvush bilan bog‘liq bo‘lgan agrotexnik
tadbirlar o‘tkaziladi [1, 2]. Ko‘pchilik hollarda sho‘rni yuvish kuzning oxirlarida
o‘tkaziladi [3]. Bunda kam sho‘rlangan еrlar egatlar orqali, o‘rtacha va kuchli
sho‘rlangan hamda sho‘rhok еrlar esa pollarga bo‘lib, bostirib yuviladi.
Lekin sho‘r yuvish ishlarining o‘tkazilishiga qaramasdan kuchli sho‘rlangan
еrlarda еr osti sizot suvlarining dala yuzasiga yaqin joylashganligi bois, tuproq
yuqori darajada sho‘rlanishga moil bo‘lib qolaberadi. Shu bois xar bir vegativ
sug‘orishdan sung kapillyar namlanish va bug‘lanish natijasida egatning tepa
qismida tuzlarning yig‘ilishi sababli tuproqning kuchli sho‘rlanishi yuzaga keladi [4,
5]. Buningdek kuchli sho‘rlangan tuproqning o‘simlikga yaqin joylashishi undagi
suv-havo va oziqlanish rejimining o‘tish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu
vaziyatni bartaraf qilish uchun vegatativ sug‘orishda o‘simlik atorfidagi tuproq
to‘liq bostirib sug‘oriladi [4, 5]. Buning uchun sug‘oriladigan dalalarda bo‘ylama va
ko‘ndalang tuproq uyumlaridan tashkil topgan uncha katta bo‘lmagan pollar
shakllantiriladi [6].
Bugungi kunda o‘simliklarni bostirib sug‘orish uchun mexanizatsiyalashgan
usulda pollarni shakllantirishda bo‘ylama tuproq uyumlarini xosil qilish masalasi
o‘z
еchimini
topgan
bo‘lsada
[7],
ko‘ndalang
tuproq
uyumlarini
Do'stlaringiz bilan baham: |