Anjuman: Resurstejamkor qishloq va suv xo‘jalik mashinalarini yaratish va ulardan
foydalanish samaradorligini oshirish
10
mexanizatsiyalashgan usulda xosil qilish masalasi xali o‘z еchimini topmagan va
ko‘ndalang tuproq uyumlarini shakllantirish qo‘l kuchida bajarilmoqda.
Ayrim xo‘jaliklarda qo‘l mexnatini еngillashtirish va ko‘ndalang tuproq
uyumlarini shakllantirishni mexanizatsiyalash maqsadida KZU-0,ZD kanalkozgich-
tekislagichdan foydalanmoqda [8]. Ammo amaliyotda ushbu usul o‘zining bir qator
kamchiliklarini ko‘rsatdi. Ularning asosiylari bu u xosil qilgan ko‘ndalang tuproq
uyumining ko‘p joyni egallashi va uning atrofidagi nixollarning ko‘pchilik
qismining nobud bo‘lishidir. Shuning uchun xam ko‘pchilik xo‘jaliklarda
KZU-0,ZD kanalqozgich-tekislagich qurilmasi еtarli darajada mavjud bo‘lsa xam
ulardan g‘o‘za qator oralarini bostirib sug‘orish uchun ko‘ndalang tuproq uyumini
xosil qilishda foydalanilmaydi.
Shunday kilib mavjud g‘o‘za qator oralarida ko‘ndalang tuproq uyumlarini
qo‘l kuchi yoki mexanizatsiyalashgan usulda xosil qilish texnologiyalarining ijobiy
va salbiy tomonlarining xar tomonlama tadqiqi asosida ularning kamchiliklarini
bartaraf еtuvchi texnik еchimni topish va u asosida mexanizatsiyalashgan usulda
g‘o‘za qator oralarida ko‘ndalang tuproq uyumlarini xosil qiluvchi texnik vositani
ishlab chiqish o‘z еchimini kutayotgan jiddiy muammodir.
Vujudga kelgan muammoni еchish uchun biz tomonimizdan foydali modelga
berilgan patent [9] bilan ximoyalangan texnik еchim ishlab chiqildi. Ushbu texnik
еchimning yangiligi unga asosdangan qurilma sug‘orish uchun egat ochish bilan bir
vaqtda uning ma’lum uchastkalarida g‘o‘zani bostirib sug‘orish pallarini
shakllantirish uchun ko‘ndalang tuproq uyumlarini xosil kiladi. Ya’ni agregat bir
o‘tishda xam sug‘orish egatlarini ochadi, xam bostirib sug‘orish pallarini
shakllantirish uchun ko‘ndalang tuproq uyumlarini xosil qiladi. Xozirgi vaqtda
ushbu jarayonlar aloxida aloxida KXU-4 kultivatori va KZU-0.3D kanalqozgich-
tekislagich qurilmasi bazasida tuzilgan agregatlar yoki qo‘l kuchi bilan bajariladi.
Paxtachilikda bostirib sug‘orish pallarini shakllantirish uchun biz
tomonimizdan
yuqorida
qayd
qilingan
texnik
еchimga
asoslangan
mexanizatsiyalashgan usulda g‘o‘za qator oralarida ko‘ndalang tuproq uyumlarini
xosil qiluvchi qurilma (1-rasm) ishlab chikildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |