Qattiq jismlarning klassifikatsiyasi (tasnifi) Moddaning agregat holatlari
Download 412.42 Kb. Pdf ko'rish
|
1-maʼruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Van-der-Vaals kuchlari
MA’RUZA № 1 QATTIQ JISMLARNING KLASSIFIKATSIYASI (TASNIFI) 1. Moddaning agregat holatlari 2. Moddaning molekulyar-kinetik nazariyasiga asosan modda atom va molekulalardan tashkil topgan bо‘lib, ular xarakat qiladi va bir-birlari bilan о‘zaro ta’sir etishadi. Bir modda molekulalarining о‘zaro joylashishi, harakatining xarakteri va о‘zaro ta’siri tashqi ta’sir (temperatura, bosim) ga kuchli bog‘langan va ular moddaning agregat holatini xarakterlaydi. Moddaning 4 ta agregat holatlari (yoki fazalari) bir-biridan ajratiladi: qattiq, suyuq, gazimon va plazma. Fazaviy о‘tish deb sistemaning bir agregat holatidan boshqasiga о‘tishiga aytiladi. Fazaviy о‘tishda qandaydir fizik kattalik (masalan, zichlik, ichki energiya) yoki sistemalar simmetriyasi sakrash yо‘li bilan о‘zgaradi. Moddaning u yoki bu agregat holatini amalga oshirish modda tarkibiga kiruvchi molekulalar kinetik va potensial energiyalari о‘zaro nisbatiga bog‘liq. Molekulaning potensial energiyasi uning boshqa zarrachalar bilan bog‘lanish darajasini (meyorini) xarakterlaydi. Moddaning ixtiyoriy 2 ta molekulalari о‘rtasida molekula diametridan katta masofada elektromagnit kelib chiqishiga ega bо‘lgan tortishish kuchi ta’sir qiladi. Bu kuchlar molekulalarni bir butun (yagona) qilib ushlab turishga harakat qiladi. Molekulalarning kinetik energiyasi ularning bir-biri bilan bunday bog‘lanish tendensiyasiga qarshilik qiladi. Modda qattiq holatda bо‘lishi uchun molekulalar tortishishning potensial energiyasi ular о‘rtacha kinetik energiyasidan kо‘p marta katta bо‘lishi kerak. Molekulalar yadrosi о‘rtasidagi itarishish elektr kuchlari о‘zaro tortishishda yuzaga keladigan masofa kamayishiga qarshilik qiladi (molekula diametridan kichik masofada). Har bir molekula fazoda ma’lum hajmini egallaydi, bunda molekula qо‘shni atomni bir vaqtning о‘zida tortadi va itaradi, lekin о‘zi turgan joyni egallab olishlariga yо‘l bermaydi. Shunday о‘zaro ta’sir tufayli molekulalar fazoni zich tо‘ldiradi. Qattiq jismda molekulalar tartibli joylashadi. Qattiq jism о‘zining shaklini va hajmini saqlaydi. Qattiq jism deformatsiyalanganda (shakli yoki hajmi о‘zgarganida) unda shaklini va hajmini tiklashga harakat qiluvchi kuchlar paydo bо‘ladi.
Atom radiusiga nisbatan yetarlicha (juda) katta bо‘lgan R masofada joylashgan inert gazning 2 ta bir xil atomini kо‘raylik. Bu 2 ta neytral atomlar о‘zaro qanday ta’sir etishadi? Agar atom yadrosining о‘rtacha hholati yadroni о‘rab turgan sferik elektron bulutning markazi bilan ustma-ust tushsa atomlar о‘rtasidagi о‘zaro ta’sir nolga teng bо‘lgan edi, chunki neytral atom tashqarisida sferik elektron bulutning elektrostatik potensiali yadro zaryadi
elektrostatik potensiali bilan kompensansiyalanadi. Shunga kо‘ra inert gaz atomlari о‘rtasidagi bog‘lanish yо‘q bо‘lib ketadi va bu atomlardan qattiq jism hosil bо‘lmaydi. Ammo bu eksperiment natijadariga ziddir. Atomdagi elektronlar xatto eng kichik energetik holatlarda bо‘lganida ham yadroga nisbatan doimo harakat qiladi. Bunday harakat natijasida elektron bulut markazining oniy holati atom yadrosi bilan aniq ustma-ust tushmasligi mumkin, shu vaqt momentida atomda noldan farqli elektr dipol hosil bо‘ladi. Oniy dipol momenti P=-er ga teng bо‘ladi. M ning miqdori va yо‘nalish vaqt о‘tishi bilan tez о‘zgaradi. (Atomning yig‘indi dipol momenti uchun vaqt bо‘yicha о‘rtacha qiymati hisoblansa, u nolga teng bо‘ladi). Birinchi atomning miqdori P 1 ga teng bо‘lgan oniy dipol momenti ikkinchi atom markazida YE elektr
maydonini hosil
qiladi, u
E=(2P 1 )/R 3 ga teng bо‘ladi.
Bu maydon о‘z nvbatidaikkinchi atomda P 2 dipol momentini hosil qiladi: P 2 =αE=(2α P 1 )/R 3
bu yerda α – elektron qutblanuvchanlik bо‘lib, u atom (yoki ion) ning harakteristikasi hisoblanadi. (α=P/E) bir biridan R masofada joylashgan ikkita P 1
va P 2 dipol momentlari о‘zaro ta’sir energiyasi:
P
va P 2 dipol momentlari parallel bо‘lgani uchun 𝑈(𝑅) = 1 4𝜋𝜀 0 ∙ [
𝑃 1 𝑃 2 𝑅 3 − 3(𝑃
1 ∙𝑅)(𝑃
2 ∙𝑅)
𝑅 5 ] ≈ − 2𝑃 1 𝑃 2 𝑅 3 ∙ 1 4𝜋𝜀 0 = −
1 4𝜋𝜀
0 ∙ 4𝛼𝑃 1 2 𝑅 6 ≈ −
1 4𝜋𝜀
0 ∙ 4𝑒 2 ∙𝑟 0 5 𝑅 6 = − 𝐶 𝑅 6 ga teng bо‘ladi. Bu formula Van-der-Vaals о‘zaro ta’siri energiyasini ifodalaydi. Uni London о‘zaro ta’siri yoki hosil qilingan (tug‘dirilgan) dipol-dipol о‘zaro ta’siri ham deyishadi. Bu dipol momentlari tortishadi. Masalan, kripton uchun U≈2·10 -21 joulga teng (R=4Å bо‘lgan hol). Van-der-Vaals о‘zaro ta’siri atomlar orasidagi masofa kamayishi bilan tez ortib ketadi. Van-der-Vaals kuchlari birinchi marta real gazlar holatining ideal gaz holat tenglamasidan farq qilganini tushuntirish uchun kiritildi. Van-der-Vaals tenglamasi: (𝑃 + 𝑎
) (𝑉 − 𝑏) = 𝑅𝑇 Van-der-Vaals kuchining asosiy xossasi shundan iboratki, u elektr neytral sistemalar о‘rtasida va elektr momentiga ega bо‘lmagan sistemalar о‘rtasida paydo bо‘ladi. Inert gazlar о‘zaro ta’sirida bu kuchlar shu moddalarning suyuq va qattiq holatlarini hosil qilishda yagona kuch hisoblanadi. Download 412.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling